Assosiatsiya - (lat. assosiatsio-birlashish, jamoa) –ayrim sharoitda bir to’da o’simliklar yoki bir qancha turlarga oid o’simliklarning qavm bo’lib yashashi.
Formatsiya - (lat. formatsio- xosil bo’lish, shakillanish)- o’simliklar formatsiyasi – geobotanikadagi taksonomik kategoriya, u dominant turlari bilan bir biriga o’xshash bo’lgan assosiatsiya yig‘indisidan iborat.
Tip- (gr.- tipos- iz, qiyofa)- 1.o’simlik va xayvon sistematikasidagi eng katta takson (kategoriya). 2.biror tur, turkum, avlod va oilaga oid o’simlikning yangi nusxasi.
Flora- (lat. flora-gul va baxor xudosining nomi)- ma’lum mamlakat yoki bir geografik punkt yoki xududdagi o’simlik turlarining majmui; ularning xar tomonlama tasvirlangan umumiy ro’yxati. Masalan: O’zbekiston florasi.
Barg navi- nav shakliga ega bo’lgan bargning ostki qismi, o’zgargan bandi. Ba’zan u poyaning bir qismini o’rab olgan bo’ladi. Buni biz soyabon guldoshlar va bog‘doydoshlar oilasi vakillarida uchratamiz.
Endemlar-(gr. endemos- erli, maxali) ma’lum bir geografik joyda tarqalib boshqa erda uchramaydigan o’simlik.
Ikki pallali o’simliklar (sinfi)- llaga ega bo’lgan urug‘li o’simliklar; ikki pallali urug‘barglilar; urug‘i unib chiqqanda ikkita bargsimon yashil palla xosil qiluvchi o’simliklar.
Bir pallali o’simliklar – murtaklari bir urug‘pallali, bosh ildiz yoqolib, qushimcha ildizlar xosil qiladigan, sodda gul tuzilishli o’simliklar.
Inulin – alkoloid.
Naychali gul- gul qurg‘onining pastki qismlari tutashib naycha xosil qiluvchi gullar.
Tilsimon – tilsimon yapaloq shakli gul barg (qoqidoshlar oilasi vakillariga mansub.
Alkoloid – alkoloidli o’simliklar, zaxarli yoki dorivor o’simliklar- tarkibida xilma xil alkoloidlar bo’lgan o’simliklar. Tarkibidagi ana shu alkoloidlar miqdoriga asosan, o’simliklarning zaxarli xususiyatlari xam o’zgaradi.
Alkoloid- (arabcha-alkali-ishqor eydos-o’xshash, tuz, qiyofa)- o’simlik organizmlarida xosil buluvchi zaxarli yoki dorivor moddalar, bu moddalar medisinada ishlatiladi, masalan kofein, xinin va boshqalar.
Seksiya – (seksio-bo’lnish)- sistematik kategoriya bo’lib o’xshash bo’lgan turlarni o’z ichiga oladi. Turkumning bir bo’lagi.
Goosipium – g‘uzlar avlodi, gulxayridoshlar oilasiga mansub, ko’sagida chigid va unda tola etishadigan o’simliklar guruxi.
Gossipol– chigid tarkibidagi zaxarli alkoloid, qaynoq suv ta’sirida zaxarsiz xolga keladi.
Kuchalasimon to’pgul - to’pgulning birxili. Pastki osilib turadigan 1ta qisqagina poyada 1qancha gullar yoylashadi, masalan, terak, yong‘oq kabi o’simliklardagi erkak to’pgullar.
Entomofil -(gr. entomon-xashorat+fileo-sevaman)- o’simliklarning xashoratlar vositasi bilan changlanishi.
.Anemofil- (gr. anemos-shamol+fileo-xoxlamoq)- shamol vositasi bilan changlanuvchi gulli o’simliklar.
Oddiy gulqurg‘on – gulning toji, kosachasi bilan birga murakkab yul qurg‘onni tashkil qiladi, agar gulbarglar kasocha va tojga differensiyalanmagan bo’lsa, u xolda oddiy gul qurg‘on deyaladi.
Tojsimon gulqurg‘on– bunday gulqurg‘on rangli bargchalardangina iborat bo’ladi.
Kosachasimon gulqurg‘on - kosachasimon barglardan iborat oddiy gulqurg‘on.
Monokarp o’simliklar-(gr. monos –bitta+karpos –meva)- xayotida faqat bir marta gullab urug‘laydigan (meva beradigan) o’simliklar. Ular meva xosil berganlaridan so’ng halok bo’ladi.
Afyun, Qoradori – ( gr. opion -ko’knora shirasi suvi)- pishmagan ko’knori ko’sagidan olinadigan alkaloidlarga boy quyuq shira.
Soxta meva – tugunchadan tashqari gulning boshqa bo’laklari(gulo’rin va guoqosacha) ishtirokida xosil bo’lgan meva.
Xaqiqiy meva - faqat urug‘chidan xosil bo’lgan meva