Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
299
Skandarga Xoqon yasab peshkash,
To‘quz bo‘yla tuhfaki, sharh o‘ldi xush.
Bular chun sarosar muhayyo bo‘lub,
Yana Chin shahi majlisoro bo‘lub.
Yasab bir ajab bazmi oliyasos,
Takallufqa aql anda topmay qiyos.
Ulug‘ xaylni rahshunos aylabon,
Shah ihzorini iltimos aylabon.
Shah ollig‘a
chun multamaslar yetib,
Hadisin aning yer o‘pub – arz etib.
Qabul aylabon so‘zni doroi dahr,
Ravon otlanib ayladi azmi shahr.
To‘shab erdi Xoqoni xurshidtoj,
O‘zi qasridin rost to bir yig‘och
Skandar yo‘li
uzra deboyi Chin
Ki, pinhon bo‘lub erdi sahroyi Chin.
Har o‘n gomda bir nisor aylabon,
Duru la’lni xoksor aylabon.
Yo‘li uzra oncha to‘kub mushki nob
Ki, el to‘tiyoliqqa topmay turob.
Yel ul mushk uza chun bo‘lub rahnavard,
Tutub mushkdin ko‘k yuzin tiyra gard.
Bu
hashmat bila xusravu toju taxt,
Kirib Chin diyorig‘a farxunda baxt.
Ko‘rub, o‘yla shahreki, charxi kuhun,
O‘qub misliga oyati «lam’yakun»
10
.
Jinonvash havoliyu bog‘i aning,
Ne
paydo uchi, ne qirog‘i aning.
Bezab tomu toshini oyin bila,
Musavvar bori hullai chin bila.
Ko‘rub oncha oroki, ko‘z ko‘rmayin,
Ko‘ngul ham taxayyulg‘a kelturmayin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: