Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
303
Yo‘q ulkim iki shahg‘a
bu rasmi xos,
Har ikiga bir-bir bila ixtisos.
Chu ichmak ulus rasmu royi bo‘lub,
Gazak borcha xoni Xitoyi bo‘lub.
Olib charx atboqi har dam sabaq,
Ne yanglig‘ bo‘lurni tabaq-bartabaq.
Yashil xonlaru qursi limu bari,
Kavokib bila charxi minu bari.
Bo‘lub o‘yla bazmeki,
charxi baland,
Bo‘lub ziynatu zebidin bahramand.
Yemakka ulus mayli bo‘lg‘onda fosh,
Gazak o‘rtadin chiqti, tortildi osh.
Qayu oshkim, yer yuzini xon tutub,
Vale xonni ne’mat yuz alvon tutub.
Ne dey, ulcha ul xon qiyosi edi
Ki, to‘quz ming otning uchosi edi.
Yana qo‘yg‘a yo‘q
erdi haddu hisob
Ki, yuz ming desam bo‘lg‘ay ul intixob.
Munga loyiq angla ushoq oshini
Ki, ko‘rmak uyurdi falak boshini.
Chu tortildi bu nav’ behad taom
Ki, topti tamattu’ bori xosu om.
Ravon
taxtdin tushti Xoqoni Chin,
Qo‘pub taxt uza shohi masnadnishin.
Tavoze’ bila Chin shahi turdi xush,
Shah ollig‘a so‘zlatg‘ali peshkash.
Hisobin bitib shah sari kettilar,
Hamul davlat arkoni arz ettilar.
Chu arz o‘ldi,
Xoqon yukundi ravon,
Yukundi yana xusravi navjavon.
To‘quz-to‘quz o‘tkardilar borini,
Aningdekki aylabmen izhorini.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: