Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
301
Bu gulshan ichinda fazoyi vase’,
Fazo o‘rtasida binoe rafe’.
Qilib posbonig‘a damsozliq,
Zuhal birla har shom hamrozliq.
Biyikrak falak qasridin poyasi,
Ravoqig‘a tushmay bulut soyasi.
Yog‘indin aning tomi nam ko‘rmagan,
Choqin shu’la toqig‘a yetkurmagan.
Muzahhab qilib oni boshtin-oyoq,
Agar rahba,
gar burj, gar xud ravoq
13
.
Bisotidag‘i xisht chinisirisht,
Musamman yasab chini andoqki xisht.
Chu chini bo‘lub farsh koshi anga,
Bo‘lub naqsh matnu havoshi anga.
Bori xisht anga chinioyin bo‘lub,
Safo ichra oyinai Chin bo‘lub.
Ichi
qasrning sar-basar zarnigor,
Yeshik borcha ziynatda gavharnigor.
Kelib borcha naqqoshi chobukqalam,
Base vaqt urub kilki Moniyraqam.
Topib naqsh konunu hanjorini,
Musavvar qilib to‘rt devorini.
Mavoze’ anga har biri naqshi Chin,
Dema naqshi Chinkim, bihishti barin.
Bu qasr
ichra taxti sipehr ihtirom,
Yasab shoh uchun anda oliy maqom.
Skandarga Xoqoni mehmonparast,
Bu oliy sarir uzra berdi nishast.
Anga dog‘i Iskandari taxtgir,
Makon etti ham ushbu oliy sarir.
Atou o‘g‘ul yanglig‘ o‘lturdilar,
Nishotu tarab bazmini qurdilar.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: