Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
305
Chu Xoqong‘a ul bazmu oyin bo‘lub,
Skandar so‘zi barcha tahsin bo‘lub.
Ketur soqiy, ul ko‘zguni ro‘baro‘y
Ki, kofurtab’ o‘lg‘ayu mushkbo‘y.
Dimog‘imda
Chin mulki savdosidur,
Bu yanglig‘ may oning mudovosidur.
Mug‘anniy, ulug‘ yir navosini tuz!
Bijir ko‘kka piypo sadosini tuz!
Meni bir navo birla xushhol qil,
Jahon fikridin forig‘ulbol qil!
Navoiy, ichib may eshitgil surud
Ki, bas, bevafodur sipehri kabud.
Ki, Xoqong‘a gar juz jafo qilmadi.
Skandarg‘a dog‘i vafo qilmadi.
LIII
Ziyofat bog‘ining sarvdek ozodlari bobidakim, g‘unchadek xizmat kamarin chust bog‘lab guldek ochuq
yuz bila xoni karamlari doim ochuqdurur va qo‘nog‘lari agar qumri bo‘lsun vagar bulbulkim, har biri
o‘z xo‘ri holig‘a ko‘ra ul xondin navo toparlar va alar ifrot imtilosidin muarrodururlar va mufrit
ishtahosidin mubarro
Xusho ulki, juz bazl anga pesha yo‘q,
Jahon boru yo‘qidin andesha yo‘q.
Zamon ichra topib o‘zin mehmon,
Anga mehmon borcha ahli zamon.
Kishikim
anga mehmonliq qilib,
Bu ham jon bila mizbonliq qilib.
Chu mehmon yetib, dun kibi qochmayin,
Bal ul bo‘lmayin, ro‘zasin ochmayin.
Xalilullahoso
ochib xoni bazl,
Qamar qursidek sindurub noni bazl
1
.
Nechakim taomi kelib no‘shi bahr,
Kelib mehmonsiz mazoqig‘a zahr.
Va gar kelsa mehmon, qurug‘
non anga,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: