Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisligi I kurs 321- guruh magistranti Ashurova Zarnigor Anvar qizining o’quv-uslubiy



Yüklə 16,29 Kb.
tarix16.06.2022
ölçüsü16,29 Kb.
#61604
ilmiy pedagogik ish hisobot



70540101 – Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisligi I kurs 321- guruh magistranti Ashurova Zarnigor Anvar qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha II-semestr 2022- o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar


Ushbu hisobot “Algebra va geometriya” kafedrasining


___________ № ___ -son yig’ilishida muhokama qilindi.

Men Ashurova Zarnigor Anvar qizi pedagogik ishlar yuzasidan yarim yillik ishlarni bajarib bordim. Pedagogik hisobotlar, darslarga tahlillar va o'tilgan darslar bayonnomalarini tayyorladim.


Nazariy ta’lim asosida o’quv rejasida I-kurs II-semestr uchun mo’ljallangan o’quv-darslarga muntazam ravishda qatnashib bordim.
Yarim yil davomida reyting jadvali asosida fanlardan mustaqil ta’lim uchun bajarilgan ishlar:
Barcha fanlardan yarim yillik semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirdim, jumladan “Abstrak algebra" (150 soat), “Sonlarning analitik nazariyasi” (150 soat) ,"Li algebrasi nazariyasi" (150 soat).
Avvalgi semestrda dissertatsiya mavzuim bo`yicha rejalar tuzgan edik va barcha kerakli adabiyotlar ro'yhatini tuzib barcha adabiyotlarni to'plagan edik. Mavzuni o'rganishni boshlab yuborgan edik.
” Sonlarning analitik nazariyasi” fanidan nazariy va amaliy bilimlar oldim. (ilova qilaman)
" Li algebrasi nazariyasi " fanidan amaliyot darsida masala va misollar ishladik. (ilova qilaman)
"Abstrak algebra" fanidan nazariy va amaliy bilimlar oldim. (ilova qilaman)

Kafedra miqyosida o`tkazilgan ilmiy yig`inlardalarda faol ishtirok etdim. Ilmiy rahbarim F.m.f.f.d(Phd) Mahmudov F. dan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo'yicha yangi ko'rsatmalar oldim.


O`quv ishlarni tashkil etishga bog`liq me`yoriy hujjatlar: malaka talabi, o`quv dasturlari, o`quv rejalari, ishchi o`quv rejalari bilan tanishdim.
Semestr mobaynida kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilarining ma`ruza va amaliyot darslarida qatnashdim va ularning mashg`ulotlari bo`yicha tahliliy ma`lumot shakllantirdim va ilmiy rahbarim nazoratidan o`tqazdim.
Magistrlik dissertatsiyasi bo`yicha manbalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar, ma`ruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni o`rgandim. Ushbu o'quv yilida magistrlik dissertatsiyamni mavzusiga doir seminarlarda o'z maruzalarimiz bilan ishtirok etdim. Asosan birinchi bob yuzasidan seminarda maruza qildim. Ushbu semestrda 12 ta dars tahlilga kirdim. Shulardan Tursunova Barno, Xoliyorov Jasur va Raimov G'ayrat , Samad Nishonovlarni darslarida tahlilga kirdim.
Ilmiy rahbarim Mahmudov F. yordamida dissertatsiya mavzuimga oid tushunchani o’rganib chiqdim.
Ilmiy rahbarim Mahmudov F. yordamida dissertatsiya ishini ma`lum bosqichga yetkazdik.
Tadqiqot ishi kalendar rejasi asosida olib borilmoqda. Ilmiy rahbarim Mahmudov F. tavsiyasiga binoan dissertatsiya mavzusiga oid tadqiqot bosqichlarining ketma-ketlikda bajarmoqdaman. Magistrlik dissertatsiyamning struktura va mantiqiy sxemasiga asosan, adabiyotlarni o’rganmoqdaman.
Tadqiqot terminalogiyasini aniqlash: asosiy tushunchalar aniqlab tahlil qilindi, solishtirildi, umumlashtirildi va boshqalar orqali terminologiyada qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Natijalarni qayt qildik va rasmiylashtirdik.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar rejasi asosida tayyorlandi.
Ushbu hisobotni “Algebra va geometriya” kafedrasiga
2022-yil ________ topshirdim.

Magistratura talabasi: Ashurova Zarnigor.


Yüklə 16,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin