Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
284
Chu bir-birlariga yovushti ikov,
Atou o‘g‘uldek quchushti ikov.
Falak ko‘rmayin oshkoru nihon,
Munungdek qarin o‘lmog‘ iki jahon.
Biri
gar azim, ul biri a’zame,
Bu ham olame, ul dog‘i olame.
Quchushqoch iki shohi feruzbaxt,
Skandar yonib ayladi azmi taxt.
Tutub bir qo‘li birla Xoqon qo‘lin,
Anga ko‘rguzub taxti shohiy yo‘lin.
Chu Xoqon keyin qoldi aylab hijob,
Chiqordi chekib shohi gardunjanob.
Ayog‘in
sarir uzra chun yetkurub,
Burun oni o‘lturtubu o‘lturub.
Qilurg‘a nekim va’da qilmish vafo,
Muning birla ham qilmayin iktifo,
Muloyim-muloyim so‘rub har nafas,
Aningdekki Xoqong‘a bir-bir havas.
Shafiqona so‘z
chun damo-dam solib,
O‘g‘ulluq – atoliq so‘zin ham solib.
Tutub ilgini bu so‘z ayturda rust
Kim, ul ahd misoqin aylab durust.
Tugatgach so‘zin shohi bisyordon,
Bakovul kelib yoydi dastorxon.
Yoyildi chu shohona xonlar base,
Quyosh qursidek anda nonlar base.
Hamul
xon aro guna-guna taom,
Bo‘lub lahza-lahza tabiatqa kom.
Chu tortildi xoniki dastur emas,
Taom oncha olamda maqdur emas.
Dedi mizboni falaktumtaroq
Ki: «Otlansa Xoqon ham ermas yiroq
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: