Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
281
Bo‘lub anda oqshomg‘acha komyob 
Topib komu ochmay yuzidin niqob 
Ki, ul yerdakim doxili Chin edi, 
Risolatqa bu nav’ oyin edi. 
Chu oy qosidi chiqti gardun uza, 
Xirom aylayu tog‘u homun uza. 
Rasuli qamarsayr ham mindi ot, 
O‘zin manzili sori yetkurdi bot. 
Hamul mahramekim edi muntazir, 
Visolidin aylab ani muftaxir. 
Anga topshurub dashtpaymo samand, 
Kirib parda ichra shahi arjumand. 
Borib yo‘ldag‘i ranju farsudalig‘, 
Topib taxtu joh uzra osudalig‘. 
Ishe aylab andoqki qilmay kishi, 
Kishi xaylidin kelmay andoq ishi. 
Sahargahki mehr o‘ldi masnadnishin, 
Aningdekki taxt uzra Xoqoni Chin. 
Skandar qilib taxti uzra maqom, 
Buyurdi sipoh ahlig‘a bori om. 
Ulus hozir o‘ldi chu dargohig‘a, 
Tavajjuh qilib masnadi johig‘a. 
Taanni bila shohi ofoqgir, 
Tilab bir suxandoni farmonpazir, 
Dedi: «Aylagil azm Xoqon sari, 
Bahor abridek bahri Ummon sari. 
Anga ayt mendin durudu salom, 
Salomim degach, bo‘yla yetkur payom 
Ki: «Qil bartaraf kina asbobini, 
Uzoringg‘a och sulh abvobini. 
Agar yaxshibiz, gar yomonbiz bukun, 
Sening mulkunga mehmonbiz bukun. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
282
Qo‘pub kelki, biz kinadin toqbiz, 
Bag‘oyat jamolingg‘a mushtoqbiz. 
Yaqinkim bu so‘zni qabul aylagung, 
Niyoz ahli sori nuzul aylagung». 
Skandar chu maqsudin etti tamom, 
Rasul urdi yo‘l qat’i qilmoqqa gom. 
Chu Xoqon sipohig‘a bo‘ldi qarin, 
Surub nukta, andoqki durri samin. 
Rasul erkanin oshkor ayladi, 
O‘zin orzuxohi bor ayladi. 
Chu Xoqong‘a arz o‘ldi ul mojaro, 
Tilatti ani borgohi aro. 
Qilib masnad uzra maqom ul dog‘i, 
Ulusqa berib bori om ul dog‘i. 
Skandar rasulidin etti savol 
Ki: «Kelmakta maqsudung aytg‘il maqol». 
Suxanvar nechukkim shah aytib edi, 
Tamomini Xoqon qoshida dedi. 
Eshitti chu Xoqon sarosar hadis, 
Farahbaxsh, bal ruhparvar hadis. 
Ko‘p izhori ayshu nishot aylabon, 
Suxanvar bila inbisot aylabon. 
Dedi: «Chunki shohi sipehrihtishom, 
Surar erdi chun kin yuzidin kalom. 
Adovat bila qildi bizga murur, 
Sipah tortmoq bizga bo‘ldi zarur. 
Bu damkim muloyim hikoyat demish, 
Yaqin bo‘ldikim bizga xohon emish. 
Aning birla yo‘q bizga parxoshu kin, 
Bo‘lurbiz ravon sen bor ersang amin». 
Rasul ayttikim: «Bizing shah so‘zi 
Deyilgach, gumon etki, aytur o‘zi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin