Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
288
Ki, andin kishiga yetishmas gazand.
Magar ul bilur tildin ahli xirad,
Xushomad bayon qildilar beadad.
Payopay chuchuk so‘z chu payg‘om o‘lur,
Aningdek xashin jonvar rom o‘lur.
Nechakim xirad ichra bo‘lsa kami,
Yilondin yomonroq emas odami.
Chu g‘avvos kasb etti royi razin,
Nahang og‘zidin oldi durri samin.
Dam urmay chu ul durri g‘alton olur,
Tengiz qa’ridin gavhar oson olur.
Bas ulkim takallumg‘a og‘zin ochar,
Muxotabg‘a so‘z yo‘qki, gavhar sochar.
Ne
tong tund dushman anga rom esa,
Chu rom o‘ldi hosil nekim kom esa.
Takallum bila kimsa inson erur,
So‘zi yo‘q bahoyimg‘a ne son erurg‘
Vale so‘zda dog‘i marotibdurur,
Ham anda hunar, ham maoyibdurur.
Ham
uldurki aylar tirikni halok,
Ham andin o‘luk tan topar ruhi pok.
Xirad birla chun yaxshi so‘z bo‘ldi yor,
Kishi royi soyib qilur ixtiyor.
Xiradmand bo‘lsa balog‘atmaob,
Ne bo‘lg‘ay ishi g‘ayri royi savobg‘
Birovkim savob o‘ldi royi aning,
Berur ulcha royi Xudoyi aning.
L
Ardasher hikoyatikim, qaviy dushman daf’ini qilich bila qilurdin ojiz erdi, royi razin va tig‘i zabon bila
ul mushkil qaziyag‘a saranjom berdi
Muluki tavoyif aro Ardasher
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: