Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
290
Nechukkim, bilursiz muni siz dog‘i.
Bo‘lub
Ardavondin bori tiyraroy,
Manga aylab o‘zni tazallumnamoy.
Bu so‘zga qilib ahdu misoq etib,
Yibormishdururlar manga xat bitib
Ki, tonglaki el bo‘lsa vodiynavard,
Tuzulsa iki sori saffi nabard.
Ne yerdaki turg‘on
esa Ardavon,
Chopib boshig‘a bir necha pahlavon.
Anga yetkurub zulm podoshini,
Sanga keltururbiz aning boshini».
Bu so‘zni chu taqrir etib Ardasher,
Yelidin ketib za’f, bo‘ldi daler.
Magar o‘rtada erdi payg‘omgar,
Bitib holni bo‘ldi e’lomgar.
Yeshitgach bu so‘z
xasmi oliy asos,
Zamirig‘a yo‘l topti behad haros.
Ne topti yurub razm etarga jihat,
Ne xaylini daf’ etgali maslahat.
Yarashqa rizo berdi himmat tutub,
Yarashti, dog‘i yondi minnat tutub.
Bu kim topti bu nav’
royi savob,
Bu nav’ o‘ldi iqbolidin komyob.
Dostları ilə paylaş: