Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
280
Necha vaqtkim bo‘lsa
koming sening,
Bu kishvarda bo‘lsun maqoming sening.
Borur vaqting ul kunki ta’yin erur,
Uzotay aningdekki oyin erur.
Bo‘lay necha manzil jamolingg‘a shod,
Ne yerda buyursang qilay xayrbod.
Qil albatta pinhon vale bu so‘zum
Ki, mundoq risolatni qildim o‘zum».
Skandar dedi: «Men xud aylay nihon,
Sen ar zohir etsang netay nogahong‘»
Dedi: «Mendin o‘lmas bu ish elga tarh»,
Ne yang‘lig‘ki zabt aylamish, qildi sharh.
Skandar qabul etti bori so‘zin,
Bu va’da vafosig‘a tutti o‘zin.
Elin hozir istab,
ishorat bila,
Dedi nukta, mundoq iborat bila
Ki: «Bu farruxoyini farxundapay
Ki, qildi biyobon risolatqa tay.
Burun qo‘llaridin kamandin oling,
Ayog‘laridin dog‘i bandin oling.
Base yaxshi so‘zlarga
homil edi,
Risolat tariqida komil edi.
Mening birla Xoqon aro soldi sulh,
Hamul bahr ila kon aro soldi sulh.
Mulukona to‘nlar anga kiydurung,
Berib muncha naqd, ollima kelturung!»
Ne yanglig‘ki
hukm etti, tutti vujud,
Ijozat berib shohi bofarru jud
Dedi: «Ting‘il oqshomg‘acha shodmon,
Ravon bo‘l jahon tiyra bo‘lg‘on zamon».
Duo aytibon shohi farzonag‘a,
Xirom ayladi mehmonxonag‘a.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: