Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
268
Qayu
mulk soriki eltib hashar,
Ani fath etib, qilmayin sho‘ru shar.
Ne shah bo‘yni soriki tashlab kamand,
Bo‘lub bo‘yni oning kamandig‘a band.
Masofida
ul kunki Doro edi,
Bu bir qatra, ul jarf daryo edi.
Anga razmu tadbir ila topti dast
Ki, iqboli shoxig‘a berdi shikast.
Yemas
bizga Dorocha xaylu guruh,
Anga lek o‘n bizcha farru shukuh.
Yana ulki sohibqiron ham erur,
Juvondavlatu pahlavon ham erur.
Munungdek kishi birla ko‘shishg‘a pech,
Yemas ish hisobi bila rost hech.
Aning birla kim ursa lofi masof,
Xirad aytur ul so‘zning otin gazof.
Ulug‘larni
aylab shafoat anga,
Kerak qilsa Xoqon itoat anga.
Yo‘q ersa erur ul qaviy, bu zaif,
Anga hech po birla ermas harif.
Kishi qilsa da’vo urush big‘idin,
Amon topmog‘ o‘lmas aning tig‘idin.
Birovkim – anga aql da’vosi bor,
O‘zi qasdin etmak ne ma’nosi borg‘
Yo‘q o‘z jonig‘a, xalq jonig‘a ham,
Ne jon, irz ila xonumonig‘a ham.
Mute’ o‘lsa aylab qabuli xiroj,
Tutar ul musallam munga taxtu toj.
Nelar qildi Malluyi badro‘z anga,
Bukun mu’tamad bo‘ldi Fero‘z anga.
Bo‘lub ajzig‘a mu’tarif
Royi Hind,
Yerur bu zamon kishvaroroyi Hind.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: