Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
260
Bilib erdi Xoqonkim,
ul tund sel,
Yurub Hinddin qildi Chin sari mayl.
Sipah yig‘mish erdi adaddin fuzun,
Yarog‘ aylamish erdi haddin fuzun
Ki,
avval inod oshkor etmagay,
Xusumat ishin ixtiyor etmagay.
Solib sulhdin so‘z, yiborgay rasul,
Borishmoq tariqini qilg‘ay qabul
3
.
Agar xasm bu so‘zga indursa bosh,
Uzotqay qilib do‘stona maosh.
Va gar ko‘rsa
ish butmas ozarm ila,
Temur yumshamas po‘zishi garm ila.
O‘zin qilmag‘ay ajz birla zabun,
Cherik tortib etgay masof ozmun.
Bu tadbir ilakim topib erdi roy,
Qilib avval o‘zni harifozmoy.
Yibordi
rasuli xiradpeshae,
Risolat aro chobukandeshae.
Nihoniy anga tutturub so‘z base,
Tengiz suyi uzra yibordi xase.
Chu qosid yetib shoh dargohig‘a,
Nazar soldi andozai johig‘a.
Sipohi ko‘rundiki, yuz yil xirad,
Qiyos aylay olmas anga haddu ad.
Yana o‘rduekim, sipehri barin,
Kelib anda bir chodiri kamtarin.
Asos onchakim, ko‘rsa nazzoragar,
Bo‘la olmayin hushig‘a choragar.
Ko‘rub, qolmayin o‘zda vodiynavard,
O‘zin soldi dargahg‘a andoqki gard.
So‘zin
fahm etib xayli dargahnishin,
Shah ollida arz ettilar kelmishin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: