Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
253
Bu nav’ o‘lsa kimda karam javhari,
Bugun uldur ofoq Iskandari.
Kim o‘zni
karam ichra mohir qilur,
Karam o‘z xavosini zohir qilur.
XLV
Ul tojir hikoyatikim, sudu savdosidin uluq ziyon boshig‘a keldi va jigargo‘shasi firoqidin jigar
pargolalari yuzin munaqqash qildi va belidagi naqdin o‘lumlukni xalos qilur uchun berdi va qutulg‘on
o‘lumluk aning jigargo‘shasi, balki naqdi erdi
Adan1
mulkida bor edi tojire,
Tijoratda tujjor aro mohire.
2
Bor erdi bir ozoda farzand anga
Ki, yo‘q erdi olamda monand anga.
Yeshilmas edi noqadin mahmili,
Har o‘n kunda bir shahr edi manzili.
Borur erdi bir kecha shabgir etib,
Base
sudu savdoni tadbir etib,
Bas etmay dame dashtu daryo so‘zin
Ki, urdi qaroqchi alarg‘a o‘zin.
O‘lum xavfidin borcha butroshtilar,
Qochib har biri bir boyir oshtilar.
Chu qochqon sari chiqdi tuz har kishi,
Bir iqlimg‘a qo‘ydi yuz har kishi.
Chu qutqordi jon tojiri rahnavard
O‘zin, lek o‘z o‘g‘lidin
topti fard
3
.
Jigargo‘shasin topmay ul tiyraro‘z,
Jigardin chekib ohi aflokso‘z.
Bu g‘amdin jigarni topib yoraliq,
Dedi: «Menmen emdiyu ovoraliq.
Quyundek yuz urg‘umdurur har taraf,
Bu xokiy badan bo‘lg‘ucha bartaraf.
Murodim harimig‘a qo‘ysam qadam,
Biyobonda sargashtalikdin ne g‘amg‘»
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: