Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
248
Janubida zohir bo‘lub shahri Hind. 
Bu rud ichra yuz kema sur’atnamoy, 
Falak bahrida o‘ylakim yangi oy. 
Kelib haddi sharqida bir naysiton 
Ki, vasfida kamdur necha doston. 
Sarosar bu nay ichra shakkar butub, 
Ne shakkarki, qandi mukarrar butub. 
Bo‘lub sharbat ul naysitonning suyi, 
Shakar, bolchig‘ o‘rniga suvdin quyi. 
Yana haddi g‘arbida tog‘e rafe’, 
Bo‘lub to‘rt fasl anda – fasli rabe’
9

Qishu yoz mamlu rayohin anga, 
Kelib nahlai shahd gulchin anga
10

Nihoyatdin ortug‘ kelib bu kalez, 
Bo‘lub borcha bu tog‘ aro shahdrez. 
Kishi qaysi toshe sorikim boqib, 
Aning shahdi bir chashma suvdek oqib. 
Qayu ko‘l sori elga bo‘lsa vurud, 
Ko‘rub shahd oqqonni andoqki rud. 
Kiyik xayli bu tog‘ uza ming gala, 
Gulu shahd arosida bori yala. 
Bug‘uyu maral – nayistonida sayd, 
Shakardin borining ayog‘ida qayd. 
To‘la bahrida mohiyi siymgun, 
Falak Huti har bir qoshida zabun. 
Yana besha atrofida domu dad, 
Kishi ovlamog‘lig‘ uchun beadad. 
Kelib shahri xud vasfdin tashqari, 
Bo‘lub xira ko‘z chun boqib har sari. 
Bu beshadakim, dedim avsofini, 
Qalam qildi mahdud atrofini. 
Yere erdi ochuq bag‘oyat anga, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
249
Gulu sabza bas benihoyat anga. 
Qulovuzlug‘ aylab, bo‘lub rahnamoy, 
Tushurdi Skandarni farxunda Roy. 
Hamul sabzag‘a tushti xaylu sipoh, 
Tikildi yana charxso borgoh. 
Shah ul yerdin asru nishot aylabon, 
Yurub har yonin ehtiyot aylabon. 
Basirat bila har taraf ko‘z solib, 
Aning tavru vaz’ida hayron qolib. 
Qilib Roy anga oncha qulluq ayon 
Ki, qosir bo‘lub sharhi ichra bayon. 
Bori shug‘ldin shohi ma’zul o‘lub, 
Qish ul yerda ishratqa mashg‘ul o‘lub. 
Ketur soqiy, ul sog‘ari zarnigor 
Ki, may la’lidin bo‘ldi gavharnigor. 
Chu dashti Nigor ichra qildim maqom, 
Keraktur manga zarnigor emdi jom. 
Mug‘anniy, tuzot nag‘mai rexta, 
Ani qil unung birla omexta 
Ki, bir sabzi shirin yana Hind aro, 
Mening ro‘zgorimni qildi qaro. 
Navoiy, nelar qildi xomang yana 
Ki, bir mulki Hind o‘ldi nomang yana. 
Necha ko‘rsa mulkida hindu savod, 
Unutqay ko‘rungan zamon bu savod. 
XLIV
Afv fazilatidakim, daryodil juvonmardlar mujrimlar gunohi xasu xoshokin baxshish nasimi bila 
ko‘ngul bahridin adam savohilig‘a surarlar va yuzlariga daryo mavjidek chin tushmas va hayrat 
zulumotidag‘i ovoralarni karam sham’i rahnamoylig‘i bila ul vodiyi haloktin chiqorurlar va ul 
tiyraliktin alarg‘a hech bushmas
Birov shahlar ichra erur muhtaram 
Ki, bo‘lg‘ay aning da’bi afvu karam. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin