Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
241
Seni Tengri xalq aylamish nuri pok.
Seni
shohlar ichra qilmish Iloh,
Aningdekki, soyir ulus ichra shoh.
Ko‘rub senda bu nav’ xulqi karim,
Ko‘nul ichra ne vahm qoldi, ne bim.
Birovdekki, gulni o‘t etgan gumon,
Isidin tirilgay yetishgan zamon.
Chu toptuq janobingg‘a mansubluq,
Fuzun bo‘ldi hayratqa mag‘lubluq.
Qililg‘och
ishingda tafakkur fuzun,
Tahayyurg‘a bo‘ldi tahayyur fuzun.
Ko‘ruldi sifotingki mastur emas
Kim, ul nav’ insong‘a maqdur emas.
Vujudung Haq etmish maloyiksifot
Ki, sensiz dame bo‘lmasun koinot.
Seni bo‘yla bilsa edi Royi hind,
Kelib qilmag‘ay erdi parvoyi hind.
Ijozat agar bo‘lsa kelturmaki,
Yuzin ostoningg‘a yetkurmaki.
Borib
afvu lutfung bayon aylali,
Hazin xotirin shodmon aylali.
Ani tortali qullug‘ungg‘a yovuq,
Ko‘zin xoki poyingdin etsun yoruq».
Dedi shahki: «Sizga nekim bo‘lsa kom,
Manga kom erur, andin o‘zga harom».
Duo qildilar ul jamoat qo‘pub,
Yana yo‘lg‘a yuz urdilar yer o‘pub.
Yetib Royi hind ollig‘a shodmon,
Ani ham qilib shod yetgan zamon.
Berib borcha holatdin ogohliq,
Tilab azm qilmoqqa hamrohliq.
O‘ziga topib Roy mundoq najot,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: