Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
238
Tengiz ollig‘a necha xoshokni. 
Hamul peshkashlar bila ul guruh, 
Topib har qadam yo‘lda farru shukuh. 
Borurlar edi o‘rdu o‘trusig‘a 
Ki, yettilar Iskandar o‘rdusig‘a. 
Burun borib arkoni davlat sori, 
Yana yuz qo‘yub ahli hikmat sori. 
Alar dog‘i zohir qilib ehtirom, 
Bular dog‘i aylab adoyi payom. 
Payomin alarning chu ma’lum etib, 
Borib shoh tab’ig‘a mafhum etib. 
Skandar chiqib taxt uza shodmon, 
Topib Royi hindi g‘azabdin amon. 
Hamul el kelurdin topib shodliq, 
g‘amu g‘ussa bandidin ozodliq 
Ki, bu xayl edi ollida ko‘p aziz, 
Ko‘runmas edi Hind moli pashiz
5

Alarni tilab lutfu ikrom ila, 
Surub nukta shohona orom ila. 
Saloh ahli yetgach, tushub taxtidin, 
Bu tavfiq topib biyik baxtidin. 
Ko‘rushgan mahalda qilib o‘zni past, 
Ko‘rub o‘zni din ahlig‘a zerdast. 
Qilib hikmat ahlig‘a ham mayl bot, 
Yetib har birisiga ko‘p iltifot. 
Haq ahli qoshida shahi nekbaxt, 
Julus etgali qilmayin mayli taxt. 
Takallufsiz aylab yer uzra maqom, 
Alarni dog‘i ko‘p qilib ehtirom. 
Tamomig‘a shoyista yer ko‘rguzub, 
Nechukkim erur loyiq o‘lturg‘uzub. 
Tilin uzr sori qilib nuktasanj 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
239
Ki, bushquncha xud yetmadi yo‘lda ranj. 
Burun shahg‘a barcha duo qildilar, 
Yana Roy so‘zin ado qildilar. 
Qilib shoh izhori sharmandaliq, 
Mashoyixqa aylab sarafkandaliq. 
Dedi: «Har ne siz etsangiz iltimos, 
Yerur farz tutmoq nafas bizga pos. 
Sizing shahg‘a garchi gunah oz erur, 
Sunufi inoyatqa mumtoz erur. 
Agar jurmu isyoni ko‘p bo‘lsa ham, 
Ko‘rub ajzini aylar erdim karam. 
Xususan sizingdek kiromand el, 
Xiradparvaru pokpayvand el. 
Kelib bo‘lg‘asiz qilg‘onig‘a shafe’, 
Ne qilg‘ay bajuz afv royi rafe’g‘ 
Gunohi xud oz erdi, ko‘b bo‘lsa ham, 
Siyosat tariqig‘a jo‘b bo‘lsa ham, 
Bilib kechtim ul barchaning boshidin, 
Ilik torttim kinu podoshidin. 
O‘ziga inoyatni jazm aylasun, 
Qo‘pub borgah sori azm aylasun. 
Ishiga chekay mulk birla tiroz, 
Boshin toj ila aylayin sarfaroz. 
Sariri yuzin kishvaroroy etay. 
Livosi tirozin falaksoy etay. 
Yana chunki siz xayli farruxjamol, 
Ki, bo‘ldum sizing birla farxundafol. 
Qadam ranja aylab buyon yettingiz, 
Meni xushdilu bahramand ettingiz. 
Sizing ranjingiz uzrini qo‘lg‘amen 
Ki, andin o‘zim mubtahij bo‘lg‘amen. 
Ne kishvarg‘a bir shoh kirgan zamon, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin