A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING
DOLZARB MASALALARI”
moduli bo‘yicha
KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN
FOYDALANISH
“KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN
FOYDALANISH”
o‘quv kursining
“Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari” mavzusidan
ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Ganiyeva Shoira Muratbayevna
Toshkent 2021
3-Mavzu: Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari.
Reja:
1.Temir va uning birikmalari haqida ma’lumotlar.
2.Mavzuni tushuntirishda turli usullardan foydalanish.
3.Mavzuga oid laboratoriya ishlarini o‘kazish uchun tavsiyalar.
Jahonda kimyo fanidan ta’lim berish jarayonida o‘quvchilarning ilmiy
dynyoqarashini rivojlantirish, ijodkorligi,bilim samaradorligini oshirishga
qaratilgan 2030 yilgacha belgilangan Xalqaro ta’limkonsepsiyasida “butun hayot
davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyar yaratish” dolzarb vazifa sifatida
belgilangan.Ushbu ta’lim tizimida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy
faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasini oshirish,kimyo fanining kompetentlik
darajasini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
Dunyo miqyosida ta’lim tizimida axborot textologiyalarini joriy
etish,fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmlarini yaratish,amalga oshirish va
takomillashtirishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish,temir mavzusiga oid
bilimlarni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish borasida ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilmoqda.Mazkur tadqiqot ishi temir mavzularini pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘tishda o‘quvchilarga
metodik bilimlarni takomillashtirish imkoniytlarini kengaytirmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim olishga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan
sharaoitlar yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-
hodisalarga ijobiy munosabatini munosabatini bildirishga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasining 3-bobi,8-bo‘limida “ta’limda multimediya mahsulotlarini ishlab
chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish” kabi
ustuvor vazifalar belgilangan.Bu borada kimyo o‘qituvchilarining kasbiy metodik
tayyorgarligini takomillashtirish,imkoniyatlarini kengaytirish,tabiiy fanlarga oid
o‘quv materiallarini animatsion-vizual tarzda taqdim etish asosida takomillashtirsh
muhim ahamiyat kasb etadi.
•
Temir (lot. Ferrum), Fe —
Mendeleyev davriy sistemasining
VIII
guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir
4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%)
dan iborat. Temir qadimdan ishlatib kelingan. Inson dastlab metiorit temirini bilgan.
Temirning qad. xalkdar tilida atalishi bunga dalildir: qad. misrliklar tilida "benipet"
— "osmon temiri" maʼnosini bildiradi; qad. yunoncha sideros, lotincha sidus —
yulduz, osmon jismi bilan bogʻlaydilar. Mil. av. 14-asrlardagi xettlar yozuvida
Temir haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida Temirning
rumocha atalish negizi saklanib qolgan (mas., frans. fer, ital. ferro).
• Temir davri, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk
ishlab chiqarish. xoʻjaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez
deb yuritilgan davrlardan soʻng insoniyat hayotida sodir boʻlgan tarixiy
bosqich. Bu davr xoʻjalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi,
tarkalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. “Temir davri”
atamasi, garchi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga
kelgan boʻlsada, fanga 19-asrning oʻrtalarida daniyalik arxeolog
K.Yu.Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli
dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. av. 3ming yillikning 1yarmida) kashf
etilgan. Keyinroq (mil. av. 2ming yillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib
olishgan. Mil. av. 11-asrdan boshlab Falastin, Suriya, Kichik Osiyo,
Zakavkazye, Hindiston va Xitoyda xoʻjalik va harbiy qurolaslahalar yasashda
temirdan keng miqyosda foydalanilgan, soʻngra temir asboblar yasash Eron
va Oʻrta Osiyoda ham keng tarqala boshlagan. Temir (meteoritdan tashkari)
Amerika, Avstraliya, Tinch okeanning aksariyat orollarida va Shim.
mintaqalarda 16—17-asrlarda maʼlum boʻlgan. Temir tabiatda yombi sifatida
uchramaydi. U ruda zarrachalari toʻplamini yumshoq xamirsimon holatga
kiritish usuli bilan olingan. Bu usul temir rudasini
•900
–
1350° atrofida qizdirib maxsus koʻralarda boskrndan konussimon
nay orqali havoni puflab kuchaytirish yoʻli bilan bajarilgan. Koʻra tubida
kritsa (1 – 5 kg lik gʻalvirak temir boʻlagi) hosil boʻlib, uni olovda qizdirib,
suvga botirib, sandonda bolga bilan urib toblangan. Natijada temir rudasi
zichlanib, toshqollardan tozalangan. Biroq olingan sof temir juda yumshoq,
undan yasalgan mehnat qurollarining sifati past boʻlgan. Mil. av. 9
–
7-asrlarga
kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni poʻlatga
aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab boʻladi.
•Temir davrida ishlab chiqarishda buyuk texnika oʻzgarishlari yuz berdi.
Temir rudasining mis va kalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati
uning ishlab chiqarish.da va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi.
Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi.da gemir qurollardan foydalanishga oʻtish katta
voqea boʻldi. Chunki degʻqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob
va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi
mustahkam moslamalar paydo boʻldi. Temir davrida dehqonchilikdan
hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish. xoʻjaligiga aylandi.
•Temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xoʻjaliklarining
rivojlanib borishi Shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan oʻzgarishiga olib
keddi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va oʻzaro ayirboshlash savdo
markazita aylanib, shaharlar qad koʻtardi. Ular xom/isht va paxsadan bino
qilingan baland va qalin devorlar bilan oʻrab olindi. Shunday qilib, temir va
poʻlat buyumlardan keng koʻlamda foydalanish Oʻrta Osiyo shagʻar va
qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali taʼsir etdi.
•Oʻzbekistonda Temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va
dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I.
Terenojkin va Ya. Gʻulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. Oʻzbekiston
hududida Temir davri yodgorliklari mil. av. 8—6-asrlarga mansub. Ular
Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent
viloyatlarida va Fargʻona vodiysida oʻrganilgan; Koʻzaliqir, Qalʼaliqir va
Dingilja singari qad. qalʼa va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak
qabristonqoʻrgʻonlari, Boʻkantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir
davrida qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sugʻorish inshootlari
vujudga kelgan.
•1960
–
70 y.larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va
Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari
oʻrganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6
–
4-asrlarga oid uyjoy
qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyroʻzgor va deqqonchilik
buyumlarini topgan. 60y.larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va
Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda Temir davriga oid
Chimqoʻrgʻon yodgorligi (1972) oʻrganildi. 1973-yilda Chordara istehkomi
(Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi.
•Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida
Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyaboʻgʻiztepa va Burchmulla xazinasi,
Fargʻona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida
oʻrganilgan. 80
–
90 yillardan Koʻktepa (Samarqand viloyati), Yerqoʻrgʻon
va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7
–
6-asrlarga oid nodir
obidalarda arxeologik qazishlar oʻtkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida
R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Saʼdullayev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov,
B. Matboboyev va boshqalarning hissasi katta boʻddi. Temir davriga oid
yodgorliklarning tadqiqot natijalari, Shubhasiz, Oʻzbekiston tarixining eng
muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi
shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk
davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini oʻrganishda samarali
natijalar bermoqda. Chunki, Temir davrida mamlakatimiz hududida Xorazm,
Baqtriya, Sugʻd, Choch va Fargʻona kabi qad. tarixiymadaniy oʻlkalar
shakllanib, Katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sugʻd
mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qangʻ davlati va Fargʻona afshinlari kabi
hokimiyatlar tashkil topgan edi.
.
•Temir zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof
Temir yumshoq boʻlgani uchun oz ishlatiladi. Temir birikmalari sanoat,
qishloq xoʻjaligi. va qurilish ishlarida keng qoʻllanadi.
•Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% Temir buladi.
U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish
jarayonlarida ishtirok etadi. Oʻzida koʻpgina miqdorda Temir toʻplaydigan
organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17— 20%
gacha Temir toʻplaydi). Hayvon va oʻsimliklar organizmidagi Temir oqsillar
bilan bogʻlangan buladi. Oʻsimliklarda Temir yetishmasa, usishi sekinlashadi
va xlorofill hosil bulishi kamayadi, koʻpayib ketsa ham zarar qiladi, mas.,
sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar Temirni ovkatdan oladi (jigar,
goʻsht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida Temir ayniqsa koʻp
boʻladi). Odam organizmi uchun bir kechakunduzda 60–100 mg Temir kerak.
Tarkibida Temir boʻlgan dorilar (qaytarilgan Temir, Temir laktak, Temir
glitserofosfat, Temir (II) sulfat, Blo tabletkasi, ferramid, gemostimulin va
boshqalar) Temir yetishmaydigan kasalliklarda hamda kuvvat dori sifatida
ishlatiladi.
•Temir oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi: Temir (P)sulfid FeS,
Temir disulfid FeS2 va boshqa Tabiiy Temir sulfidlari (pirit va markazit FeS2,
pirrotin Fe7S8) Yer poʻstida keng tarqalgan (qarang
Oltingugurt
) Temir ning
2 ta xloridi maʼlum: Temir (II) xlorid GʻeS12 va Temir (Sh)xlordi GʻeS13
Temir (II) xlorid GʻeS12 rangsiz kristallar; oksidlanishi sababli havoda
sargʻayadi. Suyuqlanish temperaturasi 677°, qaynash temperaturasi 1026°;
zichligi 3,162 g/sm³. Suvda, etanolda, atsetonda eriydi. Temir qirindilariga
500° da gaz holatdagi xlorid kislota taʼsir ettirib yoki GʻeS13ni vodorod bilan
kaytarib olinadi. Organik sintezda katalizator, GʻeS13 olishda, antianemik
preparatlar komponenti sifatida qoʻllanadi.
•
Temir(Sh)xlorid GʻeS13 — toʻq kizil tusli kristallar. Suyuqlanish
temperaturasi 309°, qaynash temperaturasi 320°; zichligi 2,898 g/sm³. Suvda,
spirtda, atsetonda eriydi. Tabiatda molizit minerali koʻrinishida uchraydi.
400—500° da Temirga quruq holdagi xlor yoki 500° da Gʻe2O3 ga xlorid
kislota taʼsir ettirib hosil qilinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni
boʻyashda xurish, katalizator sifatida, analitik kimyoda SCN~, Sn2Q ionlarini
ochishda, fenol va yenollarni aniklashda qoʻllanadi
.
•
Dostları ilə paylaş: |