Buxoro davlat universiteti Fizika-matematikafakulteti Mavzu:Kompyuterda axborotniqayta ishlashningarifmetikasoslari. Sanoq sistemalari Bajardi: MurodovShaxriddin Tekshirdi:RustamovHakim Mavzu:Kompyuterda axborotni qayta ishlashning
arifmetik asoslari. Sanoq sistemalari
Reja: 1.Kompyuterda axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari.
Sanoq sistemalari haqida tushincha.
Sanoq sistemasi ustida amallar.
Axborot miqdori-noaniqlikningkamayish o’lchami sifatida
Axborotatrof-muhitning ob`ektlari va hodisalari, ularning
o’lchamlari, xususiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma`lumotlarni
bildirib, u insonlar o’rtasida ma`lumotlar, odamlar va sun`iy qurilmalar
o’rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadi.
“Axborot“ so’zi informatika fanida tayanch iboradir. Inforvatio-
lotincha so’z bo’lib, u xabar, tushuntirish, tanishish ma`nosini bildiradi.
Axborot tushunchasi ko’p ma`noli, shuning uchun unga aniq ta`rif
berish qiyin, uni boshqa tushunchalar orqali ifodalab tushuntirishga
urnab ko’rish mumkin. Informatikada “axborot” noaniqlikning kamayish
o’lchovi sifatida kiritiladi. Bunday yondoshish axborotni sonli
o’lchashga imkon beradi, bu informatika uchun muhimdir.
Axborot tushunchasini aniqlashni batafsilrok ko’ramiz. Atrofda
ko’pincha ma`lum bir ehtimollik bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan
voqealarning bir nechta miqdori bo’lishi mumkin. Masalan tanganing
tashlanganda qaysi tomon bilan tushishi. Tashlanishdan oldin aniqmaslik
mavjud bo’ladi, tanga tashlanganidan keyin to’la aniqlilik kiritiladi.
Bo’lishi mumkin voqealarning soni qancha ko’p bo’lsa, natijaning
boshlang’ich aniqmasligi ko’p bo’ladi, eng asosiysi tajriba
o’tkazilganidan keyin shuncha ko’p axborot miqdori olingan bo’ladi.
Ixtiyoriy miqdorni sonli aniqlash uchun o’lchov birliklarini tanlash
kerak. Axborot miqdorini aniqlash uchun ham o’lchov birliklarini
kiritish zarur.
Axborotning o’lchov birligi sifatida, aniqmasligi 2 tagacha
kamaytirib olib kelingan axborot miqdori qabul qilingan. Bu birlik
bitdir.
Tangani tashlash misolida noaniqlik ikki marta kamayadi, demak hosil bo’lgan axborot 1 bitga teng bo’ladi.
Kompyuterda axborot ikkilik kodda yoki alfaviti 0 va 1
raqamlaridan iborat mashina alfavitida ifodalanadi. Bu raqamlarga ikkita
teng kuchli holat deb qarash mumkin. Bitta ikkilik xona yozilganda u 1
bitga teng bo’lgan (0 yoki 1) axborot miqdorini bildiradi. Bunda axborot
ikkita ikkilik xonali bo’lsa, 2 bitga, 3 tasi 3 bitga va h. k.ga teng bo’ladi.
1 ta ikkilik xona yordamida har xil N ta ikkilik sonlarining nechtasini
yozish mumkin?
Bitta ikkilik son bilan: ikkita – 0 va 1;
Ikkita ikkilik son bilan: uchta - 00; 01; 10; 11;
Uchta ikkilik son bilan: sakkizta - 000; 001; 010; 011; 100; 101;
110;111;
Shu tartibda davom etadi. Umumiy hol uchun quyidagi formula
kiritilgan: N 2i, bu erda i ikkilik xonalar soni. Barcha axborot belgilari
jamlanganda ularning soni 256 taga teng bo’lgan. 256 ta belgining har
birini ikkilik tizimning bir xil miqdordagi necha xonali soni bilan yozish
mumkin?
N=256, demak i=8, har bir belgi ikkilik tizimda 8 xonali son
28 bilan yoziladi.
N 2iformula muhim ma`lumotni beradi. U kutilayotgan N
natijalar va i axborot miqdorini bog’laydi. Agar amalga oshishi mumkin
bo’lgan natijalar soni ma`lum bo’lsa, unda axborot miqdorini hisoblash
mumkin bo’ladi.
Axborot miqdoriningo’lchovbirliklari
Informatikada axborot miqdorining o’lchov birligi sifatida eng
ko’p ishlatiladigan birlik bu baytdir, 1 bayt = 8 bit.
Kompyuter o’nlik sanoq tizimidagi sonlar bilan emas, balki ikkilik
sanoq tizimidagi sonlar bilan ish ko’radi, shuning uchun axborot
miqdorining karrali o’lchov birligi sifatida 2101024 koeffitcient
ishlatiladi. Quyidagilar esa axborotning hosila o’lchov birliklari
hisoblanadi:
1Kbayt =2bayt =1024 bayt
10
1Mbayt=2Kbayt = 1024 Kbayt
10
1Gbayt=2Mbayt=1024 Mbayt
10
Axborotniikkilikdakodlash
Kompyuter sonli, matnli, grafikli, tovushli va video axborot bilan
ishlay oladi. Inson qabul qilishiga ko’ra bir-biridan butunlay farq
qiladigan bu axborot turlarini kompyuter qanday qayta ishlay oladi?
Bu axborotning hamma turlari elektrik impulslar ketma-ketligi
bilan kodlanadi, bunda faqat quyidagi 2 hol bo’lishi mumkin: impuls bor
(1) va impuls yo’q (0), ya`ni axborotlar nol va birlarning ketma-ketligi
ko’rinishida keladi. Bunday kodlash ikkilikdakodlashdeyiladi, nol va
birlarning mantiqiy ketma-ketligi esa mashinatilideyiladi.
Belginingkodini aniqlash
Kod jadvali bo’lmasa, belgi kodini Windows platformasidagi
kompyuter orqali aniqlash mumkin. Buning uchun Word matn muharriri
yuklanadi. Menyuning Vstavka/Simvol. buyrug’i tanlanadi.
Ekranga >muloqot oynasi chikadi. Muloqot oynaning
markaziy qismini ma`lum shrift uchun (masalan, TimesNewRomanCyr ) belgilar jadvali egallaydi. Belgilar chapdan o’ngga tomon yuqori chap
burchakdagi bo’shlik (probel) belgisi bilan boshlanib, jadvalning qo’yi
o’ng burchagidagi ya harfi bilan tugaydi.
Windows (SR 1251) kodirovkasida belgining kodini aniqlash uchun
sichqon yoki kursorni boshqarish klavishlari yordamida kerakli belgini
tanlash (masalan, rus alfavitidagi Abosh harfini) so’ngra oynadagi