Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni
Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Talab – bu pul bilan ta’minlanadigan ehtiyojdir.
Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqgan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moil ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil Tovar yoki xizmatlarda bo’lgan talabning ikki turi farqlanadi:
Yakka
talab
Bozor talabi Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi.
Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Talabning turkumlanishi
Ob’yektiga ko’ra
Qondirilish darajasiga ko’ra
Ta’sir qilish omillariga ko’ra
Ishlab chiqarish omillariga talab
Iste’mol buyumla-riga talab
Haqiqiy talab
Qondirilmagan talab
Qondi-rilgan talab
Ekzogen (tashqi omillar ta’siridagi) talab
Endogen (ichki omillar ta’siridagi) talab
Yashirin
talab
Joriy
talab
Xarakatchan
talab
To’plangan
talab
Narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bog’liqlik ko’rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig’I deyiladi.
Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi.
Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo’lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o’sishi bilan unga bo’lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb ataladi.
Talabga ta’sir etuvchi omillar
Narxga bog’liq omillar:
1. Muayyan tovarning narxi
2. Bir-birini to’ldiruvchi tovarlarning narxlari
3. O’rinbosar tovarlarning narxlari
4. Kelajakda narxlarning o’zgarishi ehtimoli
Narxga bog’liq bo’lmagan omillar:
1. Iste’molchining didi
2. Bozordagi iste’molchilar soni
3. Iste’molchining daromadlari
4. Kelajakda daromadlarning o’zgarishi ehtimoli
2. taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. taklif qonuni
Ma’lum vaqt oralig’ida narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.
Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqarilgan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi.
Narx va taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlik hamda taklif egri chizig’i
Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan Tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi.
Iste’molchi uchun narxning oshishi to’siq rolini o’ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag’batlantirish vazifasini bajaradi.
Taklifga ta’sir etuvchi omillar
Narxga bog’liq omillar:
1. Muayyan tovarning narxi
2. Resurslar narxi
3. Boshqa tovarlar narxi
4. Narx o’zgarishining kutilishi
Narxga bog’liq bo’lmagan omillar:
1. Ishlab chiqarish texnologiyasi
2. Soliq va subsidiyalar
3. Bozordagi sotuvchilar soni
3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati
Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham yuritiladi.
Bozor muvozanati
Bozor muvozanatini o’ziga xos matematik tenglik sifatida ham ifodalash mumkun:
Tb = Tf = Nm = Mm
Bu yerda:
Tb = talab,
Tf = taklif,
Nm = muvozanatlashgan narx,
Mm = tovarning muvozanatli miqdori.