Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni



Yüklə 18,07 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü18,07 Kb.
#186971
  1   2   3
KIBERXAVFSIZLIK MARUZA12


Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni.
BAJARDI:XUSHNUD ESHQOBILOV
TEKSHIRDI:ALLANOV ORIF

1.Axborotni himoyalashning kriptografik usullari 2.Zamonaviy kriptografiya bo’limlarni 3.Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar 4.Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari 5.Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi 6.Foydalanilga adabiyotlar va internet resurslari. 7.Xulosa.


Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda, ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o’zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi.
Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan. Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o’z-o’zicha kriptografik tizim hisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo’la oladi. Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. TSezar o’z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi. Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi harakatlanadi. Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obro’siga putur yetkazdi.

Yüklə 18,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin