Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni



Yüklə 18,07 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü18,07 Kb.
#186971
1   2   3
KIBERXAVFSIZLIK MARUZA12

Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-qarshi. Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.
Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi. Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi: 1. Simmetrik kriptotizimlar. 2. Ochiq kalitli kriptotizimlar. 3. Elektron imzo tizimlari. 4. Kalitlarni boshqarish. Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning aloqa kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli vositalarda saqlash. SHunday qilib, kriptografiya axborotni shunday qayta ishlash imkonini beradiki, bunda uni qayta tiklash faqat kalitni bilgandagina mumkin. Shifrlash va deshifrlashda qatnashadigan axborot sifatida biror alifbo asosida yozilgan matnlar qaraladi. Bu terminlar ostida quyidagilar tushuniladi. Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam. Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga
bo’linadi.
Matn – alifbo elementlarining tartiblangan to’plami. Zamonaviy ATlarida qo’llaniladigan alifbolarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: * Z33 alifbosi – rus alifbosining 32 harflari va bo’sh joy belgisi; * Z256 alifbosi – ASCII va KOI-8 standart kodlariga kiruvchi belgilar; * Binar alifbo - Z2={0, 1} * Sakkizlik yoki o’n oltilik alifbolar. SHifrlash – akslantirish jarayoni: ochiq matn deb ham nomlanadigan matn shifrmatnga almashtiriladi. Deshifrlash – shifrlashga teskari jarayon. Kalit asosida shifrmatn ochiq matnga akslantiriladi. Kalit – matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot. Kriptografik tizim – ochiq matnni akslantirishning T oilasini o’zida mujassamlashtiradi. Bu oila a’zolari k bilan indekslanadi yoki belgilanadi. k parametr kalit hisoblanadi. K kalitlar fazosi – bu kalitning mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami. Odatda kalit alifbo harflari ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu kalitdan foydalaniladi. Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq va yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum. Kalitlarni tarqatish va kalitlarni boshqarish terminlari axborotni akslantirish tizimlari jarayoniga tegishli. Bu iboralarning mohiyati foydalanuvchilar o’rasida kalit yaratish va tarqatishdir. Elektron raqamli imzo deb –xabar muallifi va tarkibini aniqlash maqsadida shifrmatnga qo’shilgan qo’shimchaga aytiladi (elektron xujjatdagi mazkur elektron xujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan xolda maxsus o’zgartirish natijasida xosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron xujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo).
Kriptobardoshlilik deb kalitlarni bilmasdan shifrni ochishga bardoshlilikni aniqlovchi shifrlash tavsifiga aytiladi. Kriptobardoshlilikning bir necha ko’rsatkichlari bo’lib, ular: · barcha mumkin bo’lgan kalitlar soni; · kriptoanaliz uchun zarur bo’lgan o’rtacha vaqt. Tk akslantirish unga mos keluvchi algoritm va k kalit qiymati bilan aniqlanadi. Axborotni himoyalash maqsadida samarali shifrlash kalitni yashirin saqlashga va shifrning kriptobardoshliligiga bog’liq. Deyarli tub son – tub bo’lish ehtimoli 1 ga yaqin. Belgi – axborotni fiksirlangan uzunlikdagi ko’rinishi SHA – Secure Hash Algorithm ma’lumotni xeshlash algoritmi vaqtinchalik shtempel - vaqtni belgilab qo’yish mexanizmi Diffi - Xellman algoritmi – ikki abonent o’rtasida o’zaro kalit almashinish algoritmi Autentifikatsiya – shaxsini haqqoniyligini tasdiqlash.
Ma’lumotlarni kriptografik akslantirish jarayoni dasturiy va apparatli amalga oshirilishi mumkin. Apparatli ta’minot qimmat, ammo u sermahsullik, oddiylik, himoyalanganlik kabi afzalliklarga ega. Dasturiy ta’minot foydalanishga qulayligi uchun ko’proq amaliy hisoblanadi. Amalga oshirish usullariga bog’liq bo’lmagan holda axborotni himoyalashning zamonaviy kriptografik tizimlariga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: · shifrlash algoritmini bilish shifrmatn kriptobardoshliligini tushirib yubormasligi lozim. Barcha kriptotizimlar bu talabga javob berishi kerak; · shifrlangan xabarning biror qismi va unga mos ochiq matn asosida kalitni aniqlash uchun zarur bo’lgan amallar soni mumkin bo’lgan umumiy kalitlarga sarflanadigan amallar sonidan kam bo’lmasligi kerak; · shifrlangan matndan ochiq matnni hosil qilish uchun mumkin bo’lgan kalitlar to’plamini to’la ko’rib chiqish amallari soni qat’iy past ko’rsatkichga ega bo’lishi va zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari chegarasidan chiqib ketishi kerak; · shifrlash algoritmini bilish himoyaga ta’sir qilmasligi kerak;
· shifrlash jarayonida qo’shilgan qo’shimcha bitlar shifrmatnda bir butunligini saqlashi va yetarlicha yashirilgan bo’lishi talab etiladi; · shifrmatn uzunligi ochiq matn uzunligiga teng bo’lishi kerak; · shifrlash jarayonida ketma-ket qo’llaniladigan kalitlar o’rtasida o’zaro oddiy va oson bog’liqlik bo’lmasligi kerak; · mumkin bo’lgan kalitlar to’plamidagi ixtiyoriy kalit, shifrmatnning kriptobardoshliligini ta’minlashi kerak; · algoritm ham dasturiy, ham apparatli realizatsiyaga qulay, va kalit uzunligining o’zgarishi, shifrlash algoritmining sifatini pasaytirmasligi kerak. Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari Kriptotizimlarning ikkita sinfi farqlanadi: 1. simmetrik kriptotizim (bir kalitli); 2. asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli). SHifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning o’zi ishlatiladi
Elektron xujjatlarni uzatishning konfidentsialligini simmetrik kriptotizim yordamida ta’minlash masalasi shifrlash kaliti konfidentsialligini ta’minlashga keltiriladi. Odatda, shifrlash kaliti ma’lumotlar fayli va massividan iborat bo’ladi va shaxsiy kalit eltuvchisidan masalan, disketda yoki smart-kartada saqlanadi. SHaxsiy kalit eltuvchisi egasidan boshqa odamlarning foydalanishiga qarshi choralar ko’rilishi shart. Simmetrik shifrlash axborotni "o’zi uchun", masalan, egasi yo’qligida undan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish maqsadida, shifrlashda juda qulay xisoblanadi. Bu tanlangan fayllarni arxivli shifrlash va butun bir mantiqiy yoki fizik disklarni shaffof(avtomatik) shifrlash bo’lishi mumkin. Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi boshlanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalitni aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish mumkin emas. Maxfiy kalit jo’natuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar tarqatiluvchi himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak
Mono- va ko’p alifboli o’rniga qo’yishlar (podstanovkalar). Bir xil alifbodan foydalangan holda ochiq matnni boshqa matnga murakkab yoki qiyin qoida bo’yicha almashtirish o’rniga qo’yish hisoblanadi. Yuqori kriptobardoshlilikni ta’minlash uchun katta kalitlardan foydalanishga to’g’ri keladi. O’rin almashtirishlar (perestanovkalar) Bu ham uncha murakkab bo’lmagan kriptografik akslantirish hisoblanadi, odatda boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi. Gamma qo’shish (Gammalash) Bu usulda kalit asosida generatsiya qilinadigan psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligi ochiq matn ustiga qo’yiladi. Blokli shifrlar shifrlanadigan matn blokiga qo’llaniladigan asosiy akslantirish usullarini (mumkin bo’lgan takrorlashlar va navbatlar bilan) tasvirlaydi. Blokli shifrlar yuqori kriptobardoshlilikka ega ekanligidan amalda u yoki bu sinf akslantirishidan ko’proq uchraydi. Amerika va Rossiyaning shifrlash standartlari aynan shu sinf shifrlariga asoslangan.
Asimmetrik kriptotizimda shifrlangan axborotni uzatish quyidagi bosqichlarga bo’linadi: 1. Tayyorgarlik bosqichi: - abonent V juft kalitni generatsiyalaydi: maxfiy kalit kV va ochiq kalit KV; - ochiq kalit KV abonent A ga va qolgan abonentlarga jo’natiladi. 2. A va V abonentlar o’rtasida axborot almashish: - abonent A abonent Vning ochiq kaliti KV yordamida axborotni shifrlaydi va shifrmatnni abonent Vga jo’natadi; - abonent V o’zining maxfiy kaliti kV yordamida axborotni rasshifrovka qiladi. Hech kim (shu jumladan abonent A ham) ushbu axborotni rasshifrovka qilaolmaydi, chunki abonent Vning mahfiy kaliti unda yo’q. Asimmetrik kriptotizimda axborotni ximoyalash axborot qabul qiluvchi kaliti kV ning mahfiyligiga asoslangan. Asimmetrik kriptotizimlarning asosiy hususiyatlari quyidagilar
Asimmetrik kriptotizimlarning asosiy hususiyatlari quyidagilar: 1. Ochiq kalitni va shifr matnni himoyalangan kanal orqali jo’natish mumkin, ya’ni niyati buzuq odamga ular ma’lum bo’lishi mumkin. 2. SHifrlash YeV : M ► C va rasshifrovka qilish DB: S ► M algoritmlari ochiq. Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi O’zbekistonning axborotni shifrlash standarti. Ushbu "Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi" standarti O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan ishlab chiqilgan va unda O’zbekiston Respublikasining "Elektron raqamli imzo xususida"gi va "Elektron xujjat almashinuvi xususida"gi qonunlarining me’yorlari amalga oshirilgan. Ushbu standart — kriptografik algoritm, elektron ma’lumotlarni himoyalashga mo’ljallangan. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi simmetrik blokli shifr bo’lib, axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun ishlatiladi. Algoritm 128 yoki 256 bit uzunligidagi ma’lumotlarni shifrlashda va rasshifrovka qilishda 128, 256, 512 bitli kalitlardan foydalanishi mumkin.

Yüklə 18,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin