4. Ma’ruza. Axborotni himoyalashning kriptografik usullari. Elektron raqamli imzo. Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o’zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi. Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan. Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o’z-o’zicha kriptografik tizim hisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo’la oladi. Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. TSezar o’z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan. Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi. Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi harakatlanadi. Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obro’siga putur yetkazdi. Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qaramaqarshi. Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi. Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi. Bu kitobda asosiy e’tibor kriptografik usullarga qaratilgan. Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi: 1. Simmetrik kriptotizimlar. 2. Ochiq kalitli kriptotizimlar. 3. Elektron imzo tizimlari. 4. Kalitlarni boshqarish. Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning aloqa kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli vositalarda saqlash. SHunday qilib, kriptografiya axborotni shunday qayta ishlash imkonini beradiki, bunda uni qayta tiklash faqat kalitni bilgandagina mumkin. - 21 - Shifrlash va deshifrlashda qatnashadigan axborot sifatida biror alifbo asosida yozilgan matnlar qaraladi. Bu terminlar ostida quyidagilar tushuniladi. Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam. Matn – alifbo elementlarining tartiblangan to’plami. Zamonaviy ATlarida qo’llaniladigan alifbolarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: * Z33 alifbosi – rus alifbosining 32 harflari va bo’sh joy belgisi; * Z256 alifbosi – ASCII va KOI-8 standart kodlariga kiruvchi belgilar; * Binar alifbo - Z2={0, 1} * Sakkizlik yoki o’n oltilik alifbolar. SHifrlash – akslantirish jarayoni: ochiq matn deb ham nomlanadigan matn shifrmatnga almashtiriladi
Ma’lumotlarni kriptografik akslantirish jarayoni dasturiy va apparatli amalga oshirilishi mumkin. Apparatli ta’minot qimmat, ammo u sermahsullik, oddiylik, himoyalanganlik kabi afzalliklarga ega. Dasturiy ta’minot foydalanishga qulayligi uchun ko’proq amaliy hisoblanadi. Amalga oshirish usullariga bog’liq bo’lmagan holda axborotni himoyalashning zamonaviy kriptografik tizimlariga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: shifrlash algoritmini bilish shifrmatn kriptobardoshliligini tushirib yubormasligi lozim. Barcha kriptotizimlar bu talabga javob berishi kerak; shifrlangan xabarning biror qismi va unga mos ochiq matn asosida kalitni aniqlash uchun zarur bo’lgan amallar soni mumkin bo’lgan umumiy kalitlarga sarflanadigan amallar sonidan kam bo’lmasligi kerak; shifrlangan matndan ochiq matnni hosil qilish uchun mumkin bo’lgan kalitlar to’plamini to’la ko’rib chiqish amallari soni qat’iy past ko’rsatkichga ega bo’lishi va zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari chegarasidan chiqib ketishi kerak; shifrlash algoritmini bilish himoyaga ta’sir qilmasligi kerak; kalitdagi yoki boshlang’ich ochiq matndagi kichik o’zgarishlar shifrlangan matnni tubdan o’zgartirib yuborishi kerak; shifrlash algoritmining tarkibiy elementlari o’zgarmas bo’lishi lozim; shifrlash jarayonida qo’shilgan qo’shimcha bitlar shifrmatnda bir butunligini saqlashi va yetarlicha yashirilgan bo’lishi talab etiladi; shifrmatn uzunligi ochiq matn uzunligiga teng bo’lishi kerak; shifrlash jarayonida ketma-ket qo’llaniladigan kalitlar o’rtasida o’zaro oddiy va oson bog’liqlik bo’lmasligi kerak; mumkin bo’lgan kalitlar to’plamidagi ixtiyoriy kalit, shifrmatnning kriptobardoshliligini ta’minlashi kerak; algoritm ham dasturiy, ham apparatli realizatsiyaga qulay, va kalit uzunligining o’zgarishi, shifrlash algoritmining sifatini pasaytirmasligi kerak. - 23 - Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari Shifrlash kriptotizimining umumlashtirilgan sxemasi
Uzatiluvchi axborot matni M kriptografik o’zgartirish Yek1 yordamida shifrlanadi, natijada shifrmatn C olinadi:
Kriptotizimlarning ikkita sinfi farqlanadi: 1. simmetrik kriptotizim (bir kalitli); 2. asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli). SHifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning o’zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish xuquqiga ega bo’lgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. SHu sababli, simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |