Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
210
Dedilar bilik ahli aylab duo 
Ki: «Gar shahg‘a bu ishdurur muddao 
Ki, oning bu makrini daf’ etkabiz, 
Hijobeki ul soldi, raf’ etkabiz. 
Nedin shoh tab’i haroson erur 
Ki, bu qullar ollida oson erur. 
Gar o‘n kungacha shoh muhlat berur, 
Ul ish daf’ig‘a Tengri nusrat berur». 
Dedi shahki: «O‘n kunga bo‘lsa darang, 
O‘tu yelsiz el kelgusidur batang». 
Ul ishtin ko‘rub shoh tab’in malul, 
Filotuni donishvar etti qabul 
Ki: «Farxunda tab’ini shohi jahon, 
G‘amin etmasun oshkoru nihon. 
Men uch kunda ul nav’ tadbir etay 
Kim, ul hol vaz’ig‘a tag‘yir etay». 
Bu so‘zni degach nuktadoni bisot, 
Skandarga yuzlandi ko‘p inbisot. 
Bu holatda ul nav’ gum bo‘ldi yel 
Ki, do‘zax aro tushti isig‘din el. 
Isig‘din bo‘lub xalq ichi toblig‘, 
Ajabroq bukim, o‘tqa noyoblig‘. 
Yetib matbax ahli fig‘on qildilar, 
Fig‘on ichra bu so‘z ayon qildilar 
Ki: «Olam aro yo‘qdur o‘tdin vujud, 
Ne axgar, ne shu’la, ne uchqun, ne dud
4

Degil xo‘blar ko‘nglidek bo‘ldi tosh 
Ki, andin emas mutlaqo shu’la fosh. 
Temur ursalar o‘t qilib orzu, 
Yaqindurki chiqqay o‘t o‘rnig‘a suv. 
Agar bo‘lsa shilon ishida futur, 
Chu arz ayladuk bizdin ermas qusur». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
211
Maalqissa: o‘tu yel o‘ldi taboh, 
O‘t isig‘ dam erdiyu yel sovug‘ oh
5

Tanur o‘lmayin kunduz otashfishon, 
Kecha sham’da shu’ladin yo‘q nishon. 
Ajab ishki chun yeldin erdi farog‘, 
Nedin qolmadi o‘chmayin bir charog‘. 
Isig‘din nazar sham’ig‘a xiraliq, 
Sovug‘din yonar sham’g‘a tiraliq. 
Ul uch kunda el bo‘ldi andoq zabun 
Ki, bo‘ldi engaklarga qo‘llar sutun. 
Filotun harimig‘a yuz qo‘ydi shoh, 
Aningdekki shah, borcha xaylu sipoh 
Kim: «Ul va’dakim qildi donoi dahr, 
O‘tub uch kun, el topmadi hech bahr. 
Agar mundin ortuq taammul bo‘lur, 
Mashaqqatdin el betahammul bo‘lur!» 
Dedi hikmatoyini donishpujuh 
Ki: «Yel bo‘lmasun bu alamdin sutuh, 
Bu kun dog‘i mav’idg‘a doxildurur, 
Vale tongla maqsud hosildurur». 
Bu so‘z birla taskin topib shohu xayl, 
Bori qildi oromgohig‘a mayl. 
Ul ish daf’i bu nav’ edikim, hakim 
Ki, qildi qabul oni bevahmu bim: 
O‘qub erdi Jomosb ahkomida 
Bu so‘zniki: «Iskandar ayyomida 
Kim, ul bo‘lg‘usi shohi hikmatsirisht, 
Jahon mulki fathi anga sarnavisht. 
Bo‘lurda jahon mulki tasxir anga, 
Chu bo‘lg‘usidur fath Kashmir anga. 
Shahi berk qo‘rg‘ong‘a yuz urg‘usi, 
Ulusdin yelu o‘tin yoshurg‘usi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin