Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
203
Karamdin emas bermamak bor anga. 
Bu yanglig‘ aziz ulki mehmoni bor
Qachon mizbon bo‘lmay imkoni bor. 
Bu yanglig‘ safar kimgaki bersa dast, 
Netar xilvat ichra bo‘lub poybast. 
Safar ichra mundin biyik yo‘q maqom, 
Va gar kimsaga dast bermas bu kom, 
Yomon ermas ul hamki ozodae, 
Miyonbastae yo‘lga omodae. 
Qadam tortqon xalq abvobidin
Yetak silkkan olam asbobidin. 
Bo‘lub juzvdoni anisi aning, 
Kitobi rafiqu jalisi aning. 
Jahon ahlida chun vafo ko‘rmayin, 
Jahondin dog‘i juz balo ko‘rmayin. 
Qilib mayl olam tamoshosig‘a, 
Fano mulkiga, faqr sahrosig‘a. 
Qo‘pub gom urub fardu farzonavor, 
Qilib dasht qat’ini devonavor. 
Solib har nechuk yergakim, yetsa ko‘z, 
Yeshitib yana barcha el ichra so‘z. 
Ko‘rub har mashaqqatda xosiyate
Topib har mazallatda kayfiyate. 
Zilole tilab ko‘nglining tobig‘a, 
Tabibe so‘rab dardi noyobig‘a. 
O‘zin borcha xayl ichra tuz yetkurub, 
Bori tuzlar ollig‘a yuz yetkurub. 
Agar yetsa sarvaqtig‘a komile, 
Quyoshdek falaksayru ravshandile. 
Qo‘yub zarradek sayru sargashtalik, 
Yetak chun topib, olmay andin ilik. 
Aning xidmatidin kushode topib


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
204
Xudo ro‘zi etsa murode topib. 
Bu yanglig‘ safar dog‘i marg‘ubdur, 
Bu ham bo‘lmasa, ul dog‘i xo‘bdur 
Ki, tortib Skandarmasallik sipoh, 
Bo‘lurg‘a yeti kishvar ahlig‘a shoh. 
Qayonkim azimat qilib fath etib, 
Qilib har taraf mayl, nusrat yetib. 
Bo‘lub gah Ajam mulki tasxir anga, 
Musallam bo‘lub goh Kashmir anga. 
g‘aroyib nihoyatdin afzun ko‘rub, 
Ajib amr g‘oyatdin afzun ko‘rub. 
Chu bir-bir kelib kom har dam anga, 
Bo‘lub rub’i maskun musallam anga. 
Jahon mulkiga hukmi shohi topib, 
Bu shahlig‘ni mah to ba mohi topib. 
Safar ichra har ishta ahli rashod
Bu yanglig‘ kushod uzra topib kushod. 
Sanga dog‘i bo‘lsa kushode havas, 
Bu olamda topmoq murode havas. 
Talab yo‘lida qil shitobandaliq 
Ki, jo‘yandag‘a keldi yobandaliq. 
XXXVII 
Iki rafiq hikoyatikim, biri sayrdin quyosh sipehr kishvarida shoh bo‘lg‘ondek, mulk saltanatig‘a yetti 
va biri sukundin yer olam ahlig‘a lagadko‘b bo‘lg‘ondek, xoksorliq hosil etti, bu ham to garddek 
harakat etmadi, tufrodin qo‘pub maqomg‘a yetmadi 
 
Xurosonda bor erdi iki rafiq, 
Bo‘lub rifq ila bir-biriga shafiq. 
Havodis solib ishlarig‘a shikast, 
Maosh amrida bo‘ldilar tangdast. 
Biri qilmayin tark mulku diyor
Biri qildi lekin safar ixtiyor. 
Mujovirg‘a davron solib zorliq, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin