Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
202
Sovuqda to‘ngar kimga oromdur.
Falak sayrdin poya topti baland,
Sukun qildi tufrog‘ni xoru najand.
Safar qilmag‘ong‘a ne ogohliq
Ki, elga qilur Xizr hamrohliq.
Ne voqif
kishi uydin olmay qadam
Ki, ne jonfizodur tavofi haram.
Xush ulkim, ko‘ngulga kushod istabon,
Qo‘pub azm qilg‘ay, murod istabon.
Fano taylasonini qilg‘ay kafan,
Kafan bas anga, balki gardi mihan.
Tajarrud xiromiga rog‘ib bo‘lub,
Tavakkul samandiga rokib bo‘lub.
Sarobi fano jo‘ybori aning,
Samumi balo lolazori aning.
Ayoqtin-boshi shavq o‘ti ichra g‘arq,
Itik po‘yada sekrib andoqki barq.
Tani chayqalib ko‘ngli topokidin,
Ul o‘t bosh urub jismi xoshokidin.
Qabarchuq kafi poyida har taraf,
To‘la durri maqsud ila iki kaf.
Yorilg‘och
suyi dema har yon tomib,
Fano abridin durri g‘alton tomib.
Dema durri g‘altonki, hayvon suyi,
Ayog‘da to‘la har taraf jon suyi.
Yorug‘kim tobonni qilib choklig‘,
Yasab obi hayvon oqarg‘a arig‘.
Xizr aylasa poybo‘sin havas,
g‘araz ichmagi obi hayvonu bas.
Ne biymi malolat,
ne xavfi alam,
Bu yanglig‘ yetib qilsa tavfi haram,
Iyo mukrimu hujra tayyor anga,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: