Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

XXXVIII 
 
HIKMAT
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, chun safar mujibi shiddatdur, hikmat ahlidin anga nega 
ruxsatdur va javob eshitmak 
Yana dedi shohi Faridunhasham 
Ki: «Yey hikmat ahlig‘a roying hakam. 
Hazarda bo‘lur komu osudaliq, 
Safarda vale ranju farsudaliq. 
Chu tab’ anda ranjuru ojizdurur
Nedin shug‘li hikmatda joyizdururg‘»
1


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
207
Javob aytti fikr birla hakim 
Ki: «Yey hikmat amrida fikring salim! 
Bukim sayr aro elga yetgay malol
Aning ruxsatidur mahalli savol. 
Vale munda sirri nihoni erur 
Ki, naf’i aning jovidoni erur 
Ki, har ranjdin so‘ng bo‘lur rohate, 
Taabsiz muyassar emas ishrate. 
Taomeki, ul mujibi komdur, 
Gar o‘t ranjini tortmas – xomdur. 
Ne oltunki bor elga dilkashlig‘i, 
O‘t ichra bo‘lubtur judo g‘ashlig‘i. 
Safarkim, mashaqqatda keldi saqar
Aning o‘tida kimsa tutmay maqar. 
Hamono anga ozmoyish kuni, 
Yemas poku xolis vujud oltuni. 
Chu har necha o‘t bo‘lsa so‘zandaroq, 
Gudoz ichra oltun furo‘zandaroq. 
Safar o‘tini aylagan ixtiyor, 
Vujud oltunin qildi komil iyor
2

Ketursa birov imtihondin mahak, 
Iyori aro topmag‘ay hech shak. 
Yana andin o‘ldi safar ruxsati 
Ki, elning erur mujibi sihhati. 
Nedinkim, safarg‘a kishi ursa gom
Taraddud erur mujibi inhizom. 
g‘izo hazmig‘a tab’ chun bo‘ldi chust, 
Kishi bu jihatdin bo‘lur tandurust
3

Yana ulki, tab’eki bo‘ldi saqim, 
Havou suv takroridin topti bim. 
Bu iki chu bo‘ldi tajaddudpazir, 
Tabiatqa sihhat bo‘lur dastgir 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin