O`qituvchi: Qo`lingda erk boshda yalov, tilingda surud, Vataning bor, bola-bog`chang, or-nomusing bor



Yüklə 18,92 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü18,92 Kb.
#90750
yarim tayyor ana shuni ko\'ringla


O`qituvchi: - Qo`lingda erk boshda yalov, tilingda surud,
Vataning bor, bola-bog`chang, or-nomusing bor.
O`zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,
O`z Davlating, Mamlakating, o`z Qomusing bor.
Assalomu alaykum, aziz va hurmatli mehmonlar, ota-onalar, hamkasblar va o`quvchilar!
o`lkamiz bo`ylab yana shodiyona. Bu yil O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining
qabul qilinganiga 16 yil to`ladi. SHu munosabat bilan barchangizni chin qalbimdan
tabriklayman va tadbirimizni ochiq deb e’lon qilaman.
(Zalda magnitofon tasmasiga yozilgan ohanrabo kuy yangraydi. Sahnaga adabiy kechani
olib boruvchi qiz va yigit chiqib keladi).
Qiz: Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar!
Yigit: Assalomu alaykum, qadrli maktabdoshlar!
Qiz: Sening bitik yuling kurashdir yiroq.
Bir bobing To`maris ko`targan chiroq,
YOzdi bir bobingni qon bilan SHiroq,
Ey, mening o`zligim - g`urur, nomusim,
Konstitusiyam - oliy Qomusim.
Yigit:
Sening manzilingni ko`zlagan karvon,
G`aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o`zligim — g`urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.

Qiz: Mustaqillik Ona-Vatanimizga o`ziga xos chiroy, yangilanish baxsh etdi. Dunyo


mamlakatlari orasida “Jannatmakon yurt” nomiga ega bo`ldi.
Yigit: Ana shunday unutilmas tarixiy voqealardan biri 1992 yil 8 dekabrda o`n
ikkinchi chaqiriq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o`n birinchi sessiyasida
mustaqil o`zbekistan Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinishidir. Bu sana
tariximizga zarhal harflar bilan bitib qo`yildi.
Qiz: O`zbekiston taraqqiyot yo`lida bir necha yutuqlarni, yangiliklarni qo`lga kiritib,
o`z oldiga qo`ygan maqsadi, ya’ni rivojlangan suveren demokratik davlatni barpo etish
masalasini hal qilib, o`z yo`lini tanlab bo`ldi.
RAQS. QO’SHIQ
Yigit: O`zbekiston Respublikasining davlat tili - o`zbek tilidir.
Ona tilim, jon tilim,
Sen o`zingsan jon-dilim.
YUragimning to`rida
Sayrab turgan bulbulim.
Qiz: Mustaqil O`zbekistan Respublikasiming o`z hududiy chegarasi, Konstitusiyasi,
mudofaa kuchlari va milliy valyutasi bo`lishi bilan birga u qonun bilan tasdiqlanadigan
o`z davlat ramzlariga ega bo`ldi.
Ko`ngilda ochilar Vatan degan bog`,
YUrakda yuksalar g`ururning tog`i -
Bashar osmonida hilpiragan chog`
Ona - O`zbekistan bayrogi.
Yigit: Dunyoda dunyosi
Bordir bu yurtning,
Xumosi — Tug`rosi
Bordir bu yurtning.
Qiz: Har sahar yangragan
Ulug` Madhiyam,
Har satri hikmatga
To`liq Madhiyam.
Eng go`zal qo`shig`i
Ozod elimning,
Muqaddas Madhiyam,
Qutlug` Madhiyam!
Bir o‘quvchi davraga O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘ini ko‘tarib
kiradi:
Boshim uzra hilpiraydi bayrog
Senga boqsam, chaqnar ko‘zi qarog‘im
Sahnaga o‘quvchilar chiqib, Bayroq ranglariga, unda aks etgan yulduzlarga o‘z
kiyimlari, shunga mos taqib olgan belgilari asosida ta’rif beradilar.
1-o‘quvchi: Men - moviy rang bo‘laman, zamin osmonining parchasi. Bu - olamda tinchlik
bo‘lsin, deganim.
2-o‘quvchi: Men - qizil rangdirman. Bamisoli tomirlardan oqqan qondirman. Hammani Vatan
bayrog‘i ostida yashashga, mehnat qilishga, kurashishga chaqiraman.
3-o‘quvchi: Men - oq rangman. O‘zim ham oq, ko‘nglim ham oq, qilar ishim esa pok, elga
doim oq yo‘l tilayman.
4-o‘quvchi: Men - yashil rangman. Yashillik yasharish, yashnatish, kelajakka ishonch degani,
nonu-nasiba, sof havo, sog‘u-omonlik degani.
5-o‘quvchi: - Oymomoman, oymomo, ertaklarga boy momo. Niyatim - odamlarga to‘kinlik
tilab, O‘zbekiston sharafini olam aro yoyish.
6-o‘quvchi: 12 yulduz - 12 oymiz, jamlasangiz, bir yilga jomiz. Oyu quyosh bilan
harakatdamiz. Kim qanday yashashini hech ikkilanmay baholaymiz.
Bir o‘quvchi davraga O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbini tasvirini
ko‘tarib kiradi:
Gerbimizda tog‘lar bor,
Daryolar bor,bo‘g‘lar bor
So‘l tomoni – bug‘doyzor,
O‘ng tomoni – paxtazor.
Chambarakka o‘ralgan
Vodiy uzra quyosh bor.
Hurligimizning ramzi
Humo degan qushi bor.
O‘quvchilar chiqib, Gerbga undagi tasvirlar bo‘yicha kiyimlar va shunga mos
belgilar asosida ta’rif beradilar.
1-o‘quvchi: Men baxt qushi Xumoman. Yurtingiz ertaklardagi jannatga o‘xshaydi. Shu bois
o‘lkangiz sari uchib keldim.
2-o‘quvchi: Men Gerbda non-nasiba, qut-baraka ramzi bo‘lib o‘rin olgan boshoqlarman.
3-o‘quvchi: Bizlar - oppoq paxtalar, Vatanning milliy boyligi, ishonch yorlig‘idirmiz.
4-o‘quvchi: Bu yurt - mening yurtim, o‘z zarrin nurlarim bilan har tong baxt eshiklarini
ochaman.
5-o‘quvchi: - Amu va Sirdaryo bir tan, bizlar esa bir jonmiz, tomirlardagi qonmiz.
O‘quvchi qizlar tomonidan “Lazgi” raqsi ijro etiladi.
Yigit: Tabiiyki, har qanday davlatning obro`-e’tibori Konstitusiya hisoblanadi.
CHunki u davlatni, millatni dunyoga tanituvchi bosh qonundir.
Qiz: U inson qadr-qimmati, davlatning jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi
to`g`risidagi ijtimoiy tafakkurining muhim yutuqlarini o`zida mujassam-lashtirganligi
besabab emas. SHuning uchun dunyodagi eng rivojlangan davlat ham, fuqaro ham o`z
qonuniy manfaatlarini, kelajagini Konstitusiyasiz tasavvur eta olmaydi. Konstitusiyamizni
xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli desak, mubolag`a bo`lmaydi.

Tenglarning ichida bugun teng o`zim,


Jahoniy to`nlarga yoqa, yeng o`zim,
Dunyolar bag`rimda, bag`ri keng o`zim,
Ey, mening o`zligim - g`urur, nomusim,
Konstitusiyam - oliy Qomusim

(qo'lida Konstitutsiya kitobi):


—Xalqim diliga yog'du,
Sochar misoli oftob.
Qonunlar majmuasi
Muqaddas, ezgu kitobi
Konstitutsiya — bu bizning huquq va burchlarimizni ifodalab beruvchi
majmuadir. O'zbekistonda yashovchi har bir millat vakili, har bir fuqaro qonun
oldida tengdir.
«Huquqiy davlatning quroli ham, so'zi ham, ko'zi ham qonundir», degan edi
muhtaram Prezidentimiz. Bizning mustaqil Vatanimizda davlat, uning organlari,
jamoat birlashmalari va barcha fuqarolar Konstitutsiyaviy qonunlarga muvofiq ish
ko'radilar. Shular qatorida biz, o'quvchilarning ham Konstitutsiyada ko'rsatilgan
barcha qonunlarga bo'ysunishimiz majburiydir.
5-o'quvchi: Chunki qonunlar jamiyat hayotining asosi bo'lib, davlat
faoliyatini tartibga soluvchi normalardir. Demak, biz, huquqiy davlatning fuqarosi
sifatida huquqiy bilimlarga ega bo'lishimiz, Konstitutsiyada belgilangan qonun qoidalarga bo'ysunishimiz shartdir.
1 – o’quvchi:
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
2- o’quvchi: Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan
3 – o’quvchi: G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
4 – o’quvchi: - Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Hamma birgalikda: - Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
(Vatan haqida qo’shiq ijro etiladi)
2 – boshlovchi: - Azizlar! Konstitutsiya kitobi bilan uning hamrohini
ham bayramimizga taklif etganmiz. Mehmonlarni kutib oling.
(Sahnaga Konstitutsiya kitobi va uning hamrohi tashrif buyurishadi)
Konstitutsiya kitobi:
- Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
1 – o’quvchi: -
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
Konstitutsiya kitobi:
-O’qib olsang kundan – kun,
Fikring bo’ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo’lsang har ishda,
Dono bo’lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o’tadi, sen kutma!
O’qi, bedor bo’lsang ham,
Hayotda bo’lmaysan kam.
2 – o’quvchi:
- Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo’limdan hech qo’ymayman,
O’qiyverib to’ymayman!
Hamrohimsan, baxtimsan, Ko’nglimdagi ahdimsan!
3 – o’quvchi:
-Iqbolimiz ko’zlagan,
Adolatdan so’zlagan.
Bu bizning “Baxtnomamiz”,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo’l ochgan,
Iqbol urug’in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug’i bo’lsan doston!
6-o'quvchi:
— Olti bo'limli kitob,
Bor yigirma olti bob.
Bir yuz yigirma sakkiz,
Moddani o'rganamiz.

—Vatanimning nomini


Aytar birinchi modda.
O'qib, o'rgansak uni,
Muhabbat ortar qalbda.
* * *
—Moddaning to'rtinchisin
Ulug' tilim tasdiqlar.
Ajdodlarim orzusi,
Ko'zlarimda charaqlar.
* * *
—Vatanimning bayrog'i,
Dilginamning qarog'i.
Madhiya hamda gerbim,
Porloq yo'lim chirog'i (5-modda).
* * *
—Azimdir Toshkent shahri,
Juda keng saxiy bag'ri.
Udir Vatan yuragi,
Ulug' xalqim tilagi (6-modda).
* * *
— Burchlarimizdan so'zlar,
Bilsang, o'n birinchi bob.
Burchimni anglashimda,
Qomusim misli oftob.
* * *
— Huquq, erkinlik haqda,
18-, 21-, va 31-modda.
O'qib, uqib, o'rganib,
Ama! qilamiz, albatta.
* * *
— Bo'lmoq yaxshidir mulkdor,
Ham fermeru chorvador.
Ko'chmas mulkning egasi,
Tadbirkorlar sarasi (36-modda).
* * *
—O’ttiz yettinchi modda
Mehnat qiiish haqida.
Har kirn sevsa kasbini,
Egaliagay baxtini.
* * *
— O'ttiz to'qqizinchi modda
So'zlaydi ta'minotdan.
Har bir inson keksaygach,
Mamnun bo'lar hayotdan.
* * *
— Tibbiy xizmat doimo
Kerak har bir kishiga.
Sog'lom tanda sog' aql,
Urtum berar ishiga (40-modda).
* * *
— Bepul bilim olamiz,
Hur Vatanim qo'ynida,
Vatanga xizmat qiiish —
Har o'g'il, qiz o'yida (41-modda).
* * *
— Atrof-muhitni saqlash,
Barchaning teng burchidir.
Uni asrab-avaylash —
Vijdonlining ishidir (50-modda).
* * *
—Milliy boyligimizni
Qadriga yetmoq kerak.
Yer, suv, o'simlik bari
Elimga doim kerak (55-modda).
* * *
—Oila —jamiyatning
Asosiy bo'g'inidir.
Oltmish uchinchi modda
Shu bo'g'in talqinidir.
* * *
— Oitmish oltinchi modda
Farzandiik burchin so'ziar.
Har soniya, soatda
Insoniyiikni ko'ziar.
* * *
—Yetmish oltinchi modda,
Yurtim oliy organi –
Oliy majlis haqida,
Qunt bilan o'rgan uni.
* * *
— Yuz yigirma beshinchi,
Moddani anglash kerak.
Ozod, hur Vatan uchun
Dovyurak o'g'lon kerak.

Tavallud ayyoming bo'lsin muborak,


Yurtning e’zoziga aylangan kitob.
Xalqingga tengligu ezgulik tilab,
Har bitta satringda qilasan xitob.

1-boshlovchi: Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har


birimizning burchimizdir.
2-boshlovchi: - Chunki chindan ham har bir demokratik va mustaqil daviatda Konstitutsiya
xalqning bosh himoyachisi sanaladi. U fuqarolarni har qanday ichki va tashqi tahdidlardan,
qonunbuzarliklardan, adolatsizliklardan asraydi, ularning tinch va farovon yashashlari uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi.
1-boshlovchi: - Qomusimiz yillar osha xalqimiz uchun ishonch, najot, faxr, iftixor namunasi
bo‘lib qolsin!
2-boshlovchi: Shu bilan qomusimizga bag‘ishlangan tadbirimiz tugadi. Hammangizni Asosiy
Qonunimiz – Konstitutsiya bayrami bilan muborakbod etamiz!
Yüklə 18,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin