FITRATNING " HIND SAYYOHI" ASARIDA DAVR ILLATLARINING FOSH ETILISHI Mundarija Kirish……………………………………………………………………………….3
Asosiy qism ……………………………………………………………………..…5
1. Abdurauf Fitratning hayoti va ijod yo`li. Milliy uyg`onish jarchisi …………....5
2. Fitratning she`riy asarlari. Fitratning adabiyotshunoslik sohasida qo`shgan hissasi………………………………………………………………………………8
3. “Abulfayzxon” dramasi haqida…………………………………………………11
4. Fitratning ilmiy merosi …………………………………………………………19
Xulosa ………………………………………………………………………….....22
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati …………………………………………...…..23
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, u qaysi ijodkor bo`lishidan qat`iy nazar adabiyot sohasiga o`z hissasini qo`shadi. Sababi ijodkor asar yozar ekan, u badiiy bo`ladimi yoki ilmiy barchasi muallifning adabiyot sohasiga qo`shgan hissasi hisoblanadi. Badiiy asar kitobxonni o`ylashga, fikrlashga, tahlil qilishga undasa, ilmiy asar esa insonlarning bilim doirasini kengaytirib, fan sohasining rivojini tezlashtiradi. Har bir ijodkorning adabiyotshunoslik sohasiga qo`shgan hissasi beqiyos. Jumladan, Fitratning ham.
Shuning uchun bu kurs ishimizda Fitratning adabiyotshunoslik sohasiga qo`shgan hissasini ochib berishga harakat qildik. Ularni o`rganish va adabiyot ixlosmandlariga taqdim qilish mavzumizning dolzarbligidir.
Ishning maqsad va vazifalari.Kurs ishimizning asosiy maqsadi Fitratning hayotini va uning adabiyotshunoslikka qo`shgan hissasini o`rganish va uni barcha foydalana oladigan qo`llanmaga aylantirishdan iboratdir.
Mavzuni o`rganilganlik darajasi. Fitratning hayoti va ijodi bir nechta olimlar va fitratshunoslar tomonidan o`rganilgan bo`lib, uning ilmiy va adabiy meroslari ham tahlil qilingan. Jumladan, uni buxorolik olimlar ham o`rganishgan. Fitratning adabiyotshunoslik sohasiga qo`shgan hissasi ba`zi olimlar tomonidan o`rganilgan va uni o`rgangan olimlar o`z fikrlari va qarashlarida ochib berishgan. Biz ham Fitratning shu sohadagi xizmatlarini qo`ldan kelganicha astoydil o`rganishga kirishdik.
Tadqiqotning obekti va predmeti.Ushbu tadqiqotimizning obekti Fitrat va uning hayoti bo`lsa, predmeti uning asarlaridir. Hozirda kurs ishimizni Fitratning barcha asarlari qamrab oladi va “Abulfayzxon” fojiasiga ko`proq e`tibor qaratiladi.
Ishning ilmiy yangiligi. Kurs ishimizning ilmiy yangiligi adabiyotshunoslik sohasiga Fitratni qayta gavdalantirishdan iboratdir.
Ilmiy ishning ahamiyati va tavsiyalar. Kurs ishimizning ahamiyati shundan iboratki, barcha adabiyotshunoslik sohasi bo`yicha ish yuritadiganlarga: o`qituvchi, o`quvchi, talaba, magistr va olimlarga ham qo`llanma sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
Ishning tuzilishi.Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat. Umumiy hajmi – 23 bet.