Hind sayyohi


Fitratning she’riy asarlari. Fitratning adabiyotshunoslik sohasida qo`shgan hissasi



Yüklə 44 Kb.
səhifə4/6
tarix07.09.2023
ölçüsü44 Kb.
#141880
1   2   3   4   5   6
FITRATNING HIND SAYYOHI ASARIDA DAVR ILLATLARINING FOSH ETILISHI

2. Fitratning she’riy asarlari. Fitratning adabiyotshunoslik sohasida qo`shgan hissasi.
She`riyat insonlarni o`ylashga, fikr yuritishga va tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham uning ta`siri badiiy asarlarga nisbatan kuchliroqdir. U insonni yig`latadi, kuldiradi, ruhlantiradi va o`ylantiradi. Shuning uchun ham shoirlar Alloh tomonidan berilgan ilohiy qobilyat egalari hisoblanadi. Fitrat ham shu ilohiy qobilyatlilardan biridir. U ham nasrda, ham nazmda ijod qila oladigan mohir adibdir. Fitrat she’rlarining g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishi rang-barang. Uning Turkiyada nashr etilgan (1912) forsiy tildagi «Sayxa» («Faryod») nomli to‘plamlari hamda ,,O‘zbek yosh shoirlari» (1922) nomli zamonaviy bayozga kiritilgan she’rlari asosini Vatan, erk, muhabbat, armon, orzu, tabiat, xullas, turfa tuyg‘ular tasviri tashkil etadi. Xususan, «Kim deyay seni», «Achchiqlanma degan eding», «Nega bo‘yla», «Yana yondim» singari she’rlari ana shulardandir.
«Shoir» she’ri inson ruhiyatidagi cheksiz tamannolarni, iztiroblarni yoritishga bag‘ishlangan. So‘z ruhni nechog‘lik yaralamasin, inson umidsiz yashashi mumkin emas. Shoir esa, so‘z va ruh aro o‘ziga xos bir xilqatdir. Lekin, bu xilqat ishqning shunday bir “eng nozli, erka, injiq yog‘dusidir « kiu ma’shuqasidan, ya’ni hayotdan shunga munosib marhamatni ko‘rmoq, topmoq istagi, izlanishi bilan yashab o‘tadi. Lekin, bularni u faqat o‘zi uchun qidirmaydi, o‘zi uchungina topmaydi. Bularni u “yoz gulining yaprog‘idan to‘qilgan “so‘zlar» bilan o‘rab, bizga topshirish uchun izlaydi». Shoir, Fitrat talqinicha, kichik, nozli qanotiga butun bashariyatni qo‘ya oladigan, «o‘ksuz, yo‘qsul ko‘ngillarni» ko‘taradigan bir bulbuldir. Ko‘ryapsizmi, uning mitti vujudida nechog‘lik xayrli maqsad va qudratli kuch bor. Hayotda esa tushunib-tushunmay, kimlar uni qarg‘ab, kimlar ustidan kulib yuradi. Holbuki, ingrab turgan bu mitti jon qo‘llashga, ko‘makka naqadar muhtoj.
Bu fikrlar qatiga Fitrat shoirning Vatan ozodligi, erki uchun fidoyi ishchi sifatidagi qiyofasini ham singdirgani shubhasiz. Bu she’rda, shuningdek, ma’lum darajada tasavvufiy g‘oyalar va obrazlar seziladi.
Mamlakat va millat erki uchun kurash shoir she’rlarining yetakchi g‘oyasidir.
Bu, ayniqsa, «Sharq» she’rida (1920) bo‘rtib ko‘rinadi. Asarda toptalayotgan, zo‘ravon mamlakatlar tomonidan ezilayotgan umumsharq haqida gap borsa-da, muallif uning timsolida, avvalambor, o‘z vatanini nazarda tutadi. Chunki, shu usulni tanlamasa, har tomondan talanayotgan yurt haqida ,Madaniyat degan g‘arbli olbosti, Boqing, buning ko‘kragidan o‘q bosdi» deb ochiqdan ochiq yozolmasdi. She’rdagi ,,O‘tlararo yonib turgan qishloqlar», «Tinch turg‘onlar talandilar omonsiz» singari o‘tli misralar mohiyat e’tibori bilan hayot haqiqatiga, kuni kecha kuli ko‘kka sovurilgan Qo‘qonga, vodiy xalqiga ishora edi.
Fitrat she’rda bosqinchilarga nafratini nechog‘lik to‘kib solmasin, Vatanning, diyorning go‘zal manzaralarini chizishga nihoyatda usta.
Bosqinchilar toptamasdan burun bu o‘lkada turli xalqlar emin-erkin, ahil, hamjihat yashar edilar:
Bunda turdi har usulning har sasi, Butxonasi, o‘t uyasi, ka’basi.
Talonchilarga xomtalash bo‘lishdan avval bu yurt shunday edi:
Har yonida keng, yam-yashil o‘tloqlar, Jon suvidan yetishkandir gullari.
Bunday she’rlar elga, yurtga Milliy uyg‘onish g‘oyalarini keng yoyish, ko‘ngillarda isyon va tug‘yon alangalarini o‘t oldirish jihatidan muhim ahamiyatga ega edi.
E`tibor bergan bo`lsangiz, Fitratning asarlari ham haqiqatni aytishi bilan, ham insonlarni ruhiy zavqlantira olishi bilan farqlanadi. Chunki ijodkor serqirra va mahoratlidir. Uning she`r yozish yo`nalishi ham o`zidek. Fitratni bekorga yurt qayg`usini yelkasida ko`targan deyishmaydi, sababi uning el-yurtning barcha muammo va yutuqlari bayon qilingan.
Fitrat zamondosh va davradosh adiblardan farqli o‘laroq, asarlarida arab, fors so‘zlarini imkon qadar kamroq qo‘llashga urindi. Fikr, hissiyot, tushunchalarni, asosan, turkiy so‘zlar bilan ifodalashga harakat qildi. Bu ishi bilan ham adabibiyotimiz va ona tilimizning rivojiga katta hissa qo`shdi. Zamonaviy til sandig‘idagi javohirlar yetishmay qolganda qadimgi, tarixiy turkiy so‘zlarga murojaat etdi.
Bu xususiyatlar birlashib, Fitrat asarlaridagi badiiy go‘zallikni ta’minlagan holda, o‘zbek adabiy tili mezonlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Fitratning o‘zbek she’r tuzilishini isloh etishga qo‘shgan hissasi ham muhimdir. Ungacha shoirlarimiz asosan aruz vaznida yozgan bo‘lsalar, Fitrat she’riyatga faol ravishda barmoq vaznini olib kirdi. Aksar she’rlarini shu vaznda yozdi. Bu xalqona vazn she’rni hayotga yanada yaqinlashtirdi. Darhaqiqat, barmoq vazni she`rni yod olishga, uni tahlil qilishga eng qulay va sodda vazn turlaridandir. Uning bu qilgan yangiligi she`riyatimizda juda katta asarlarni shu tilda yozilishiga turtki bo`ldi. Bu juda katta yutuq bo`lib, she`riyatimizning boyishi uchun xizmat qiladi. Oddiy xalq uchun tushunarli satrlarda she`rlar bitdi. Bu tamoyil boshqa taraqqiyparvar shoirlar ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U, xususan, Cho‘lpon, Elbek, Botu ijodida yorqin namoyon bo‘lib, XX asrning 20-30-yillaridan o‘zbek she’riyatidagi yetakchi vaznlardan biriga aylandi. Bu ishi bilan adabiyotimizga o`zining o`lmas izini qoldirdi.
Fitrat o‘zbek she’r tuzilishini sochma, sarbast she’rlar bilan ham boyitdi. Shoir misralar vaznidagi erkinlik qatlamiga qofiyalanish tizimidagi keng erkinlikni ham olib kirdi. «Sharq», «Mening kecham», «Yana yondim» she’rlari «Yurt qayg‘usi» ruknidagi mansuralar ana shunday asarlardir. Ayniqsa, yuqorida sanab o`tilgan yangiliklar adbiyotimizning tub burilishlari bo`ldi, desak yanglishmagan bo`lamiz.
O‘zbek she’r tuzilishidagi bu islohot qalb dramasini yanada teran ifodalashda, ayniqsa, qo‘l keldi. Qalb dramasi tasviri Fitrat she’riyatining asosiy xususiyatlaridan biridir. She’rlarida ko‘ringan bu uslub Fitrat dramaturgiyasida yanada teranroq namoyon bo‘ladi.
“Abulfayzxon dramasi» Fitratga qadar o‘zbek adabiyotida qator dramatik asarlar yozilgan. Dramaturgiyamiz tarixida ular o‘ziga yarasha o‘rin tutadi. Biroq, jahon adabiyotidagi mezonlar talabiga javob bera oladigan milliy ruh va milliy g‘oya bilan sug‘orilgan, teran qahramonlar aks etgan bu turdagi yetuk asarlarning muallifi sifatida Fitrat o‘zbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi.
Fitrat elni, yurtni ozod va obod ko‘rish dardini dramaturgiyada ham to‘kib soldi.
O‘tgan asrning 20-yillari boshida yozgan «Chin sevish» dramasiga Hindiston hayotidagi voqealarni asos qilib oldi. Chunki, Turkiston hayoti misolida bosqinchilarga qarshi kurash g‘oyasini ilgari surishning iloji yo‘q edi.
Asar ko‘proq ma’naviy-ishqiy yo‘nalish asosiga qurildi. Lekin, unda ijtimoiy dard yetarlicha ko‘rsatilmadi deb topdi, shekilli, muallif ko‘p o‘tmay shu yo‘nalish kuchaytirilgan boshqa bir asar yozishga kirishdi. Natijada, avvalgi asardagi bosh g‘oya va qahramonlar saqlab qolinib, milliy istiqlol ruhi kuchaytirilgan deyarli yangi drama-»Hind ixtilolchilari» dramasi paydo bo‘ldi. Asar markaziga vatanni bosqinchilardan ozod qilishni hayotning bosh mazmuni deb bilgan Rahimbaxsh va sevgilisi Dilnavoz obrazlari qo‘yildi.
Abdusubbuh, Badrinad, Fayziahmad va Mahmudxon-Rahimbaxshning hammaslaklari. Kelishmovchiliklarni, diniy, irqiy, g‘oyaviy, sinfiy va boshqa ixtiloflarni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, birlashish va Ona tuproqni bosqinchilardan ozod etib, Hindistonni mustaqil qilish kerak, degan g‘oya asarning asosini tashkil etadi.
Fitrat shu tariqa, o‘z armonini Hindiston tasviri orqali ilgari surdi, yurtdoshlarini shu tarzda kurashga chorladi.
«Arslon» nomli besh pardali pyesasida (1925) Buxoro amirligidagi dehqonlarning og‘ir hayoti va qismatini tasvirladi.
Arslon-dramaning bosh qahramoni. U to‘yga yig‘ib yurgan pulini sarflab, bir bechora kambag‘al yigitni xonavayron bo‘lishdan saqlab qoladi. To‘lg‘inoyni cheksiz sevishiga qaramay, endi to‘y qilishning imkoni yo‘q.
Fursatdan foydalangan 50 yoshli sudxo‘r Mansurboy 18 yoshli To‘lg‘inoyga og‘iz soladi. Qiz sevgisida qat’iy, lekin Arslonga yetishishga u ham chorasiz.
Drama shu muhabbat iztiroblarini va adolat uchun kurash jarayonlarini ko‘rsatadi. Sinfiylik nazariyasiga qat’iy amal qilish, boylarni butkul qoralab, kambag‘allarni nuqul ulug‘lash talab qilingan bir sharoitda Fitrat bu mafkuraviy ko‘rsatmalarga amal qilmadi. Realist san’atkor sifatida o‘z e’tiqodiga sodiq qoldi. Ziddiyatlarni sinflar aro emas, shaxslar aro bo‘ladigan hayotiy qarama-qarshilik sifatida ko‘rsatdi. Bek, Yasovulboshi, Darg‘a singari amaldorlardagi xislatlar ham sinfiy mansubiyat sifatida emas, hayotdagi jonli odamlar tabiati tarzida talqin qilindi.

Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin