International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN
GOVERNMENT AND CULTURE»
www.myscience.uz
195 |
X. Jalilova. «BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI
«BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI
Jalilova Xurshida
filologiya fanlari nomzodi, dotsent,
O‘zMU doktoranti
Аnnotatsiya: Ushbu maqola Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur «Boburnoma»
asarida yo‘l xotiralari tasviriga bag‘ishlangan. «Boburnoma»da
sayohatnomaga xos barcha
unsurlar, xususiyatlar, muallif obrazi va uning pozitsiyasi misollar bilan tahlil qilingan. Аsarda
yo‘l xotiralari tasviri nafaqat ayrim paragraflarda, balki butun boblarda ham mavjud.
«Boburnoma» o‘rta asrlar mumtoz adabiyotida turkiy tilda, nasrda bitilgan, Sharq mamlakatlari
va xalqlariga oid yo‘l xotiralari tasvirlangan eng sara yodgorlikdir.
Kalit so‘zlar: memuar, yo‘l xotiralari, muallif, obraz, sayohatnoma, tasvir.
Аннотация:
Данная статья посвящена описанию путевых воспоминаний в
произведении «Бабурнаме» Захириддина Мухаммада Бабура. На
примере текстов
произведения были проанализированы характерные черты, элементы, свойственные
путевым заметкам, образ автора и его позиция.
Таким образом, «Бабурнаме» является
памятником средневековой классической литературы, написанным на тюркском языке, в
прозаической форме, описывающей путевые воспоминания о восточных странах и народах.
Ключевые слова: мемуары, путевые воспоминания, автор, образ,
путешествие,
описане.
Annotation: This article is devoted to the description of travel memories in the work
"Baburname" by Zahiriddin Muhammad Babur. On the example of the texts of the work, the
characteristic features, elements inherent of travel notes, the image of the author and his position
were analyzed. Thus, "Baburname" is a monument of medieval classical literature, written in the
Turkic
language, in a prosaic form, describing travel memories of eastern countries and peoples.
Keywords: m
emoir,
travel memories, author, image, journey, description.
Zahiriddin Muhammad Boburning qomusiy asari hisoblangan «Boburnoma» haqida o‘zbek
va jahon adabiyotshunosligida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar qilingan va bu jarayon hanuzgacha davom
etmoqda. Аdibning birgina «Boburnoma»si janri bo‘yicha turli fikr va qarashlar uchraydi. Bunday
bahslarning
yuzaga kelishi, avvalo, asarning keng ko‘lamliligi, turfa xil sohalarni o‘zida jo
etganligi va asarda ham badiiy, ham ilmiy janrlar unsurlari mavjud ekanliginidir.
«Boburnoma» janri tadqiqot ishlarining aksariyatida tarixiy-memuar asar sifatida
beriladi.Boburnoma» shakl jihatdan murakkab bo‘lib, o‘z ichiga solnomaga oid katta hajmdagi
tarixiy memuar materiallarni, shoir Bobur va zamondoshlari tomonidan bitilgan sheʼrlarni, taniqli
tarixiy shaxslar haqidagi qimmatli maʼlumotlarni, shuningdek bir qator mamlakatlar va xalqlar
madaniyatini, urf-odatlari tasvirini, hayvonot va o‘simlik dunyosini, ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini,
o‘zining harbiy yurishlari va o‘zaro nizoli urushlar tarixini va tahlilini o‘ziga
qamrab olgan
sinkretik asar.