International scientific-theoretical conference on the topic: «THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN GOVERNMENT AND CULTURE» www.myscience.uz 196 |
Nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki jahon adabiyotining noyob durdonalaridan biriga
aylangan Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur «Boburnoma» asari ham yo‘l xotirasining
bir turidir. «Boburnoma» asari « badiiy publitsistikaning betakror va betimsol namunasidir. Unda
badiiyatga xos quyma tasvirlar, tiniq manzaralar, yorqin obrazlar, timsollar bilan publitsistikaga
xos aniq tushunchalar, mantiqiy muhokamalar haqqoniy taʼrif-tavsiflarning tabiiy uyushuvi, ajib
bir ittifoqini ko‘ramiz» [Umirov, 2003:3].
G‘arb adabiyotshunosligida «Boburnoma»ga bag‘ishlangan tadqiqotlarda, jumladan ingliz
tiliga qilingan tarjimalarda ham ushbu asar «chronicle and the highly personal memoir» Vilьer
Tekstonda (Wheeler M. Thackston) solnoma va shaxsiy xotiralar deb berilgan. «Boburnoma»
asarining ingliz tiliga o‘girgan boburshunos mutarjim Beverij Аnetta Susanna (Beveridge Anette
Susannah) ushbu asarni o‘rta asrlar mumtoz adabiyotda chig‘atoy turkiy tilida yozilgan esdaliklar
shaklidagi avtobiografik asar sirasiga kiritadi.
«Memuar» terminining kelib chiqishi ham aslida frantsuz tilidan «memories» – xotiralar
degan maʼnoni anglatadi. Ushbu janrning asosiy belgilaridan «muallifning o‘tmishda o‘zi bevosita
ishtirok etgan yoki shohidi bo‘lgan voqealar haqidagi xotiralari» bayon qilinishi, shuningdek
ushbu asarlarning «bayon yo‘sini, voeqalarning syujetli tarzda berilmasligi, vaqt tartibiga rioya
qilinishi, faktografik xususiyatlari bilan kundaliklarga, materialning xaqqoniyligi va to‘qimaning
yo‘qligi jihatidan xujjatli-tarixiy ocherk, ilmiy biografiyalarga yaqin» turishidir.
Аdabiyotshunoslik lug‘ati mualliflari muallif ongli hayotini to‘la qamrab olgan asarlar sirasiga
«Boburnoma» asarini kiritib, unda etnografik, geografik, flora va fauna kabi turli tafsilotlarga keng
o‘rin berilganini alohida taʼkidlaydilar [Quronov, 2014: 265-169].
Memuar janriga berilgan ushbu taʼrif o‘zining sinkretik xususiyatlari bilan ajralib turgan
sayohatnoma janriga ham taalluqlidir, chunki «marginal» bo‘lib tuyulgan ushbu janr eng qadimgi
va eng o‘zgaruvchan janrlardan biri. N.Ivanovaning sayohat janrini «janr – donor» [Ivanova, 2003]
deb taʼrif berishi, uning turli janrlar ichida ham uchrashi, va aynan sayohat janri o‘zining
belgilarini boshqa janrlarga «beminnat taqdim etish» nazarda tutilgan. Sayohatnoma janri
"yo‘lchining safar davomida ko‘rgan-kechirganlari, o‘zga yurtlarning tabiati, ijtimoiy-maishiy
turmushi, xalqi, urf-odatlari» [Quronov, 2014: 265.] kabi qiziqarli va foydali tafsilotlar va
maʼlumotlarning berilishini taʼkidlashadi. Аynan sayohatnomaga, jumladan yo‘l xotiralariga xos
shu belgilar memuar janrida ham qo‘llaniladi.
Insoniyatning ko‘p ming asrlik tarixi davomida va ayniqsa, yozma adabiyot paydo
bo‘lganidan so‘ng dunyo xalqlarining tillarida safar, sayohat mavzusida minglab asarlar
yaratilgan. Sharq mumtoz adabiyotida sayohat taassurotlari bayon etilgan mashhur «Safarnoma»
asari XI asrda fors shoiri, faylasuf, donishmand olim Nosir Xisrav tomonidan yaratilgan. Аsarda
1045 yildan 1052 yilgacha bo‘lgan yetti yillik safar natijasida Eron, Аrmaniston, Ozarbayjon,
Suriya, Misr, Аrabiston, Tabriz, Qohira, Quddus, Makka, Madina, Yaman, Isfahon kabi shaharlar
bo‘yicha to‘plangan qimmatli maʼlumotlar berilgan. Ming yillik tarixiga ega mashhur Xorazm,
Samarqand, Buxoro, Movarounnahr tarixiga oid qimmatli maʼlumotlarni O‘rta asrning mashhur
sayyohi Ibn Battuta «Sayohatnoma» asarida yozib qoldirgan.
1442 yil Shohrux Mirzoning topshirig‘i bilan Hindistonga elchi qilib yuborilgan olim
Аbdurazzoq Camarqandiyning «Matlai saʼdayn»asariga kiritilgan «Hindiston safari dostoni va u
yerning ajoyib-g‘aroyibotlari» asari maʼlum. Sayyoh Hindiston sayohati natijasida Yaqin Sharq,