Erkin Vohidov ijodida “satira” janri Umidaxon Alisherzoda Abdusamatova O’zmu annotatsiya



Yüklə 179,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.09.2023
ölçüsü179,68 Kb.
#143357
erkin-vohidov-ijodida-satira-janri



Erkin Vohidov ijodida “satira” janri 
 
Umidaxon Alisherzoda Abdusamatova 
O’zMU 
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada satira janri, satira janrida ijod qilgan shoir-
yozuvchilar, Erkin Vohidov ijodida satirik she’rlar haqida yoritilgan. 
Kalit so’zlar:
Satira, satirik she’r, Erkin Vohidov satiralari, Donishqishloq 
hangomalari, Matmusa. 
The genre of "satire" in the works of Erkin Vahidov 
Umidaxon Alisherzoda Abdusamatova 
UzNU 
Abstract:
This article deals with the genre of satire, poets and writers who created 
in the genre of satire, satirical poems by Erkin Vahidov. 
Keywords:
Satire, satirical poetry, Erkin Vahidov's satires, Donishqishloq 
hangomalari, Matmusa. 
Adabiyot dunyosi mavjud bo'lgan adabiy janrlarning ko'pligi tufayli eng katta 
dunyodan biridir. Janr atamasi fransuz tilidan olingan bo’lib „koʻrinish“ degan ma’noni 
bildiradi. Shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi 
hisoblanadi. Janrlar ichida satira janri o’ziga hos o’ringa ega. Satira janri ilk bora Rim 
adabiyotida paydo bo’lgan bo’lib, lotin tilida “afsonaviy mavjudotlar”, “satrlar - 
demigodlar”, “masxaralash holatiga ega yarim-hayvonlar” degan ma’noni anglatadi. 
Satira janri ko'p asrlar davomida mavjud bo'lib, har bir davrda salbiy ijtimoiy va siyosiy 
voqealarni aniqlash uchun ishlatilgan. Ushbu janr hayotda va jamiyatdagi salbiy 
hodisalarni istehzo, kinoyali gaplar, bo'rttirish, allegoriya, parodiyalar va grotesklar 
yordamida komik yoki she'riy ravishda rad etishdir. Satirikaning mohiyati - bema'nilik, 
qarama-qarshilik va illatlarni buzuvchi tanqidga erishish uchun badiiy texnika va 
adabiy vositalardan foydalanishdir. Ko'pincha satirada haddan tashqari bo'rttirish 
uslubi qo'llaniladi. Qadimgi davrlarda satirik she'riyat va nasr aralashmasi bo'lgan, 
keyinchalik Rimda janr mustaqillikka erishgan. Unda raqslar, qo'shiqlar, she'rlar 
ishlatilgan. Adabiyotda satirik, individual epizodlar, vaziyatlar yoki obrazlarning butun 
asarlari mavjud.
Satirika janri Sharq xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Sharq adabiyoti shuhratini 
keng yoygan asarlar dastlab folklorda "Ming bir kecha" zaminida, sanskritcha 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2032


"Panchatantra", forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va oʻzbek 
latifalari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) satiralar ham Sharqda juda 
mashhur. Uning gʻoyalari xitoy novellalari, fors adabiyoti ruboiylari va hind qissalari 
motivlari bilan sugʻorilgan. Rus adabiyotida N.V.Gogol, Saltikov-Shedrin va 
boshqalar satira janrini o’z ijod na’munalari orqali yuksak bosqichga koʻtardilar. 
Oʻzbek adabiyotida satiraning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va 
aytishuvlar, Nasriddin Afandi) yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy 
etgan. Navoiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqimiy, Zavqiylar satira janrida 
ijod qildilar. Satiraning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, Gʻozi Yunus, Soʻfizoda, 
Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, N.Aminov, S. Siyoyev, Abdulla Oripov 
kabi ijodkorlar nomi bilan bog’liqdir. 
Ayniqsa O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning ijodida bu janr yanada sayqal 
topgan. Uning “Donishqishloq latifalari” turkumidagi lirik obrazga aylanib ulgurgan 
“Matmusa” sini tanimagan adabiyot ihlosmandi bo’lmasa kerak. Erkin Vohidovning 
“Matmusaning qishlog’i”, “Matmusaning qalpog’i”, “Matmusaning Amerika ochishi”, 
“Matmusaning bog’i” kabi ko’plab she’rlarini satira janriga misol keltirishimiz 
mumkin. Bir qarashda oddiy, soddagina qishloq odami bo’lgan Matmusaning qilgan 
ishlari kulgili tuyuladi. Lekin shu kabi satirik she’r mag’zini chaqadigan bo’lsak 
xalqimiz ta’biridagi ko’plab ijtimoiy qusurlar, teskari qarashlar, jamiyatimiz ichidagi 
salbiy hodisalarni uchratishimiz mumkin.
Misol uchun:
Boshliq bo‘lmas, albatta 
Bir juft o‘rinbosarsiz. 
To‘rtta “zav”ga sakkizta 
Yordamchi ham zararsiz. 
Cho‘t qoqishga o‘n kishi, 
Pul sanashga qirq odam. 
Yarim qishloq - zampompom, 
Yarimqishloq - pomzamzam. 
“Matmusaning bog’í” deya nomlangan Erkin Vohidov ijodidagi satirik she’r 
Donishqishloqlik Matmusa bog’ yaratgani, u mevaga kirgan paytda yigílish 
uyushtirilib, unga rahbar tayinlanadi. Unga ikki o’rinbosar va yana ko’plab 
lavozimlarga odam tayin qilinishi-yu ohir oqibat, bog’ uchun asosiy bo’lgan Matmusa 
bog’bon ishdan bo’shatilishi tayinlanadi. Ushbu she’r jamiyatimizda yuz beruvchi 
ijtimoiy muammolarni kulgu ostida, o’quvchini siypalabgina aytilgan dolzarb 
muammolar sirasiga kiradi. 
“Matmusaning qalpog’i” deb nomlangan satirik she’ri maishatparast bo’lgan, 
“sababtalab” kishilar andozasi desak adashmaymiz. 
Kirdilar, o‘ltirdilar, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2033


Buyurdilar araqni. 
Dono Matmusa uchun 
Ichdilar bosh qadahni. 
Qalpoqqa teri bergan 
Suvsar uchun ichdilar. 
Shunday qalpoqni sotgan 
Ovsar uchun ichdilar. 
Eslanmagan qishloqning 
Itigacha qolmadi. 
Maqtalmagan qalpoqning . 
Ipigacha qolmadi. 
Shoirning 1982-yilda yozilgan “Majlis qiling” nomli satirik she’rlarida ham 
ijtimoiy dolzarb muammoga aylangan majlisbozlik hazil aralash tanqid qilingan: 
Vaqtingiz bo‘sh bo‘lsa ham, 
Bo‘sh bo‘lmasa, majlis qiling, 
Ko‘nglingiz xush bo‘lsa ham, 
Xush bo‘lmasa, majlis qiling, 
Ovchilar, siz otgani 
Qush bo‘lmasa, majlis qiling, 
Ahli bozor, sotgani 
Go‘sht bo‘lmasa, majlis qiling, 
Hech hisobmas, har kuni 
Qo‘sh bo‘lmasa - majlis qiling 
Erkin Vohidov ijodidagi 1988-yilda yozilgan “Qalin puli” nomli satirasi ham 
xalqimizdagi urf-odat an’analarga ko’ra kuyov tomonidan - kelin tomonga beriladigan 
qalin puli, sut puli, sandiq, kiyim-kechak masalasi achchiq kulgi ostida yozilgan. 
Ya’ni:
Qalin puli - uch ming.
Ming - qizi uchun, 
Yana ming - sandig‘i, kigizi uchun. 
Xo‘sh, yana ming nega? Har lahza senga 
Sanchib turadigan bigizi uchun 
Qalin puli, sut puliga shuncha pul berasan, nima ular har lahza sanchib turuvchi 
bigizi uchunmi? - deya kinoyali gap orqali o’z “dardi”ni “kulgu-cha” bilan aytib oladi. 
Shu kabi satirik, hazil she’rlar Erkin Vohidov ijodida beqiyos o’ringa ega. Ushbu 
janr orqali salbiy ijtimoiy va siyosiy voqealar, hayot va jamiyatdagi salbiy hodisalarni 
istehzo, kinoyali gaplar orqali silliqina yetqazib berish mahorati Erkin Vohidov ijodida 
o’z yechimini topgan. Erkin Vohidov mana shunday serqirra, so’z xazinalar sultoni, 
adabiyot eshiklarining kaliti bo’lgan beqiyos ijodkordir. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2034


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Erkin Vohidov “Tanlangan asarlar” to’plami- Toshkent 2019 
2. Erkin Vohidov “Qiziquvchan Matmusa” 2019-yil 
3. Safo Matchonov “Adabiyot” 2012 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2035

Yüklə 179,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin