«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»


International scientific-theoretical conference on the topic



Yüklə 426,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix12.04.2023
ölçüsü426,34 Kb.
#96524
1   2   3   4   5
«BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN
GOVERNMENT AND CULTURE» 
www.myscience.uz 
 
197 | 
Markaziy Osiyoga kabi mamlakatlarning tarixi, madaniyati, etnografiyasiga oid qiziqarli, 
ishonchli maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan asar yozib qoldiradi. 
Sharq adabiyotida tarixiy, maʼnaviy va maʼrifiy ahamiyatga ega sayohatnoma janrining 
paydo bo‘lishi va rivojlanish haqida N.I.Konrad o‘zining «Sharq va G‘arb» asarida quyidagilarni 
qayd yetadi: «Markaziy Osiyo mamlakatlarida sayohatnoma asosan etnografik, geografik va ilmiy 
xarakterga ega bo‘lib, vaqt va makon orqali sayohatni aks ettirib, xotira memuar va biografik 
bitiklarning xususiyatlarini birlashtiradi. Keyinchalik ularning mazmunida ijtimoiy-falsafiy, 
psixologik vazifalar va badiiy tamoyillar o‘zaro qorishib ketadi. Shuningdek ularda real voqelik, 
lirik chekinishlar va qo‘shimcha epizodlarning birlashishi ham kuzatiladi» [Konrad, 1966: 251].
Tarixda maʼlum sayohatlarning ayrimlari rasmiy, xizmat safari bo‘lsa, ayrimlari oddiy 
inson¬larning ixtiyoriy yoki majburiy safarlaridan iborat edi. «Boburnoma» shunday majburiy 
safar tafsilotlarini o‘z ichiga mujassam etgan. «Boburnoma» o‘zining bir qator yo‘l xotiralariga 
xos jihatlari, uslubi bilan yuqorida keltirilgan sharq allomalarining fors va arab tilida bitilgan 
sayohatnomalarni eslatadi. Tabiiyki, Аgra shahrida ulkan kutubxona yaratgan Bobur Mirzo ushbu 
sayohatnomalar bilan tanish bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Bobur o‘zining shoh asarida 
yo‘l xotiralariga oid Movarounnahr, Аfg‘oniston, Hindiston mamlakatlarining tarixi, 
etnografiyasi, xalqining urf-odatlari, tabiati, hayvonot va nabotot olami haqida qimmatli 
maʼlumotlar bergan. «Boburnoma»da nafaqat ko‘plab geografik joylarning nomlari, balki ularning 
tabiati, ob-havosi ham berib boriladi: 
«Latofatekim, Hindustonda bor - uluq viloyatdur. Va oltun va yarmog‘i qalin bo‘ladur va 
pashkol hyaoolari bisyor xo‘b bo‘ladur. Goh kunn bo‘ladurkim, o‘n-o‘nbesh yigirma qatla 
yog‘adur. Yog‘inlarida bir zamondassllar keladur, hsch suv yo‘q yerlarda daryolar oqadur. Yeg‘ar 
mahallida ia yog‘ib turg‘on mahallarida g‘arib yaxshi havolar bo‘ladur, andohkim, havoning 
eʼtndoln va latofati andin o‘tmas. Аybi budurkim, havo ko‘p purnam bo‘ladur» [ Bobur, 
1960:361]. 
O‘zining betakror o‘simlik olami bilan Bobur-sayyohni maftun etgan Hindistonning ekzotik 
meva daraxtlari, xushbo‘y va nafis gullarining yo‘lda uchratgan barcha navlari haqida nafaqat 
biolog olim, balki eng avvalo tabiat va go‘zallik shaydosi sifatida baho beradi: «Yana Hindustonda 
tavre gullar bordur: bir josundur. Baʼzi hindustoniy qarhal deydur, giyoh emas, daraxti soqliqtur, 
gulbundin bir nima balandrakdur, rangi anor gulidin hanuz saberoqtur, ulug‘lug‘i qizil gulcha 
bo‘lg‘ay, vale qizil gul g‘uncha bo‘lg‘ondin so‘ng bir-o‘q ochilur... Daraxtining ustida bisyor 
xushrang va xushnamo ko‘runadur... Shaftolu guli vazʼliq panj barga bo‘ladur. Qizil kanirning 
shaftolu guliga shabohati bor... Qizil kanirning tavreg‘ina idi bor, xush oyandadur. Bu ham 
pashkolda ko‘p va xo‘sh ochiladur. Bu ham aksar yil topilur. Yana kiyuradur, bisyor latif idi bor. 
Mushkning aybi budurkim, xushklug‘i bordur, muni «mushki tar» desa bo‘lur. Bisyor latnf idi 
bordur» [ Bobur, 1960:357]. 
Mevali daraxtlar tasvirida Bobur har bir mevaning hindcha nomini berib borar ekan, uni 
qiyoslash usuli orqali o‘z yurtidagi mevalarning tuzilishi, rangi va taʼmini eslab, o‘z kitobxonlarga 
shunchaki maʼlumot berib bormay, balki tushuntirishga, ular ham ko‘z o‘ngida ushbu mevani 
tasavvur qilishlariga intiladi. Bobur o‘z safari davomida kitobxonni notanish, nomaʼlum kengliklar 
bilan tanishtirib borar ekan, o‘z navbatida ularga o‘zining shaxsiy munosabatini ham bildiradi: 



Yüklə 426,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin