Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
185
Xuroson havosida topti nishot, 
Mizojig‘a yuzlandi ko‘p inbisot. 
Kim, ul kishvare erdi behad vase’, 
Yeri o‘zga iqlimlardin rafe’. 
Masohat qilib borcha atrofini, 
Nechukkim kerak topib avsofini. 
Fazosida ko‘p chashmau rud bor, 
Bori yub ko‘ngul ko‘zgusidin g‘ubor. 
Yana bahr yanglig‘ ulug‘ to‘rt rud 
Ki, ko‘k toqig‘a savti tortib surud. 
O‘zi chunki jannat namudor o‘lub, 
Sular dog‘i jannatqa anhor o‘lub. 
Alardin dedilar birin Hirmand
4
Ki, har qatrasi raf’ etib yuz gazand 
Ki, anhoridin mulki Zobulsiton
5

Bo‘lub zebu ziynat aro gulsiton. 
Safo ichra ko‘zga berib xiraliq, 
Hamul mulkdin raf’ etib tiralik. 
Yoruq, o‘ylakim mehri getifuruz, 
Bu ma’nidin oti kelib Nimro‘z
6

Bu kishvarda har bir gado Hotame, 
Dog‘i har sipohi kelib Rustame. 
Yana bir alardin Darijaz
7
suyi, 
Manofi’da ul nav’kim – raz suyi. 
Qayu raz, «sharoban tahuro»dur ul, 
Kecha-kunduz oshomi hurodur ul 
Ki, anhori obod etib mulki Balx 
Ki, andindurur xasmning ayshi talx. 
Hamul Balxkim, qildi Hushangshoh, 
Jahondin guzin aylabon taxtgoh. 
Maqomi – Birohimi Adham
8
kelib 
Ki, gardi rahi charxi a’zam kelib. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
186
Yana bir dog‘i keldi Murg‘ob rud
9
Ki, sha’nida kavsardin o‘ldi durud. 
Olib zahmati jismu ranji ravon, 
Xirad aytibon oni ganji ravon. 
Bo‘lub andin obod Moxonu Marv 
Ki, qushtur tazarv anda, ashjor – sarv. 
Parivashlaridin bo‘lub bahramand, 
Qilib taxt Tahmurasi devband. 
Bo‘lub so‘ngra Sanjarg‘a oromgoh, 
Ki, qush ko‘rmay ul nav’ bu domgoh. 
Yana bir anga Chaxcharon
10
rud o‘lub 
Ki, ul rud hayvon suyidin to‘lub. 
Yeri rif’at ichra falakdin nishon, 
Bu rud anda ul nav’kim Kahkashon. 
Ushoq toshlari axtari tobnok, 
Latofat aro, o‘ylakim durri pok. 
Suyi xosiyatda ziloli hayot, 
Topib andin ichkan o‘lumdin najot. 
Qirog‘inda har gulbuni axzare, 
Baqo ichra bir Xizr payg‘ambare. 
Falakvash yerining fazosi dog‘i, 
Kelib jannatoso havosi dog‘i. 
Vale bu sifat nahri Kavsarmisol 
Ki, andin jahon komi topib zilol. 
Suyi qumu dasht ichra shoe’ bo‘lub, 
Borib onchakim, borcha zoe’ bo‘lub. 
Xurosonni chun shah masohat qilib, 
Nechukkim kerak to‘rt nahrin bilib. 
Dedikim, «Bu yerdur jinon gulshani», 
Pisand aylabon xotiri ravshani. 
Vale chunki manzuri o‘lg‘och bu nahr, 
Yasab anda bir jannatosor shahr. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin