Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
180
Ki, soqiy ayog‘ida-o‘q past o‘lub.
Boshikim bo‘lub yor ayog‘ig‘a past,
Yetib charxi gardunga andin shikast.
Qayu kimsakim topsa mundoq murod,
O‘qusun yomon ko‘z uchun «in yakod»
4
.
Necha
anjuman jannatosordur,
Tomug‘dur agar kimsa beyordur.
XXXIII
Majnun hikoyatikim, qish kunining uzun qorong‘u tuni Layli zulfining mushki isin yel korvonidin
istishmom qilib, gom urar erdikim, baxt mashshotasi ul sarishtai murodni ilgiga berdi
Yeshittimki, Majnuni sho‘ridahol
Ki, dasht uzra soyir edi mohu sol.
Taku toz erdi qishu yoz anga,
Qishu yoz erdi taku toz anga.
Chu yoz o‘lsa vodiy tomug‘din
nishon
Ki, xurshid o‘lur erdi otashfishon.
Anga voya ermas erdi soyae
Ki, topmas edi soyadin voyae.
Va gar qish havosi to‘kub zamharir
Ki, bard aylar erdi baqamni zarir.
Ham
etmas edi azm maskan sori,
Isinmoq uchun mayl gulxan sori.
Bori mayli ul yonki Layli edi,
Qayon Layli, ul sori mayli edi.
Xabar har qayon topsa mahbubidin,
Chekib nola joni puroshubidin.
Urar
erdi yeldek aning sori gom,
Sabo gul sori aylagandek xirom.
Magar bir qish ermish bag‘oyat sovuq,
Ani po‘ya Laylig‘a qilmish yovuq.
Dimog‘ig‘a bermish sabo yor isin,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: