Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
172
Va lekin chu Doroyi getipanoh
Ki, oning sori chekmish erdi sipoh.
Bitib noma yuz nav’ ta’rif ila,
Meni ham tilab erdi taklif ila.
So‘zi nofiz erdi, dog‘i yo‘l yiroq,
Kerak erdi bir-iki yilliq yaroq.
Olib
mulkdin iki yilliq xiroj,
Cherikka berib onchakim ehtiyoj.
Chu yettuk aning joru buljoriga,
Shahi Rum eli birla paykoriga.
Ani xud shah iqboli past ayladi,
Ajal domig‘a poybast ayladi.
Aduvdin chiqordi shah iqboli gard,
Biz o‘lduq biyobonda vodinavard.
Yaroqu sipah barcha barbod o‘lub,
Falakdin o‘kush nav’ bedod o‘lub.
Urushqon elimga sarafkandalik,
Tutulg‘ong‘a boshtin-oyoq bandalik.
Ulus
ollida banda ozodalar,
Jilovda qilib po‘ya shahzodalar.
Men aylab necha oy biyobonni tay,
Yeturguncha bu mulku kishvarga pay.
Yelimkim, bo‘lub qatlu yag‘moga tush,
Kelib o‘n ulushtin buyon bir ulush.
Tushub mulkum eliga bas turfa hol
Ki, g‘oyib topib, kim ne aylab xayol.
Qaro rang asliy dema el aro
Ki, bu mulk motamg‘a kiydi qaro.
Demonkim, emasmen Skandarparast,
Tushubtur manga lek muncha shikast.
Aning hukmi boshimg‘au jonima,
Vale zulmdin kirmasun qonima.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: