Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
165
Kishiningki benaf’ erur maxzani, 
Jahon ahlidur sarbasar dushmani. 
Ulus bo‘lsa ma’mur bir ganj erur 
Ki, andin jahon fathi beranj erur». 
Skandar chu topti bu sarmoyani, 
Yel uzra solib lutf ila soyani. 
O‘zidin qilib rozi Eron elin, 
Jahon ochqali rust qildi belin. 
Burun hikmat ahlidin etti guzin, 
Necha kimsa borig‘a royi razin. 
So‘z ayturda har bir kelib mo‘shikof, 
Hamul torlardin bo‘lub hullabof. 
Qilib tortqon chog‘da tig‘i zabon 
Ki, qilmay tuman tig‘liq marzbon. 
Ne so‘zdaki sa’y oshkoro qilib, 
Chu xasm o‘ldi obiy madoro qilib. 
Uzun tillari charb der nukta chog‘, 
Qilichdekki surtulsa yuziga yog‘. 
Bori ilmdin bori sohibvuquf, 
Kelib har birisi jahonfaylasuf. 
Hamul xayldin shohi oliy xirad, 
Qilib har birin bir sori nomzad. 
Biri mulki Saqlobu Saqsin sori, 
Biri Hind sori, biri Chin sori. 
Biriga raqam bo‘ldi Baytulharam
4

Biri topti Kashmir sori raqam. 
Ataldi biri Misru, Bag‘dodg‘a, 
Yozildi biri mulki Navshodg‘a. 
Berib har biri ilgiga nomae, 
Tuzub noma zimnida hangomae. 
Bori noma mazmuni birdek payom, 
Diloro so‘zu xotiroso kalom. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
166
Chu tahrir uchun xoma no‘gin tuzub, 
Bitik naqshini bu sifat ko‘rguzub 
Ki, bu noma ul Tengri oti bila 
Ki, qoyimdur aflok zoti bila. 
Qadimeki, yo‘q ibtidosi aning, 
Azimeki, yo‘q intihosi aning. 
Gadolar zamirining ogohi ul, 
Shahanshohlarning shahanshohi ul. 
Qayu shahki doroi davron kelib, 
Janobida mahkumi farmon kelib. 
Bu shahliqdin ani qachon qilsa rad, 
Kishiga jihat istamakka ne hadg‘ 
Gadoeki har dam to‘yub jonidin, 
Munga dog‘i ro‘zi aning xonidin. 
Shah etsa aningdekki doro ani, 
Kishi rad qilurg‘a ne yoro ani. 
Ul avloki andin ne bo‘lsa qazo, 
Ayon aylagay borcha shahlar rizo. 
Chu bu yerga Haq hamdini yetkurub, 
Takallum tariqin bu yanglig‘ surub. 
Ki: «Mendinki, Iskandar otimdurur, 
Yeti kishvar olmoq sifotimdurur. 
Sangakim oting keldi Xoqoni Chin, 
Yo‘q ersa sipahdori Turon zamin. 
Muni bilki, olamda budu nabud
Ki, kavnu fasod ichra tutqay vujud. 
Chu mumkin emas kimsa tadbiridin, 
Yaqinkim erur Tengri taqdiridin. 
Gadolarg‘a gar podsholig‘ berur, 
Va gar shohlarg‘a gadolig‘ berur. 
Kerak shohlar ko‘rsa behbud ani, 
Gadolar dog‘i bilsalar sud ani. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin