www.ziyouz.com
kutubxonasi
163
Alar chun bori jam’ini tuz qilib,
Shah ollida arz etgali yuz qilib.
Chu shoh ollida bo‘ldi xotirnishon,
Bu hukm ayladi shohi maxzanfishon
Ki: «Qilsunlar o‘rdug‘a borini naql»
Ki ul naqldin qoldi hayratqa aql.
Ravon bo‘ldilar hukm ila xayl-xayl,
Nechukkim tengiz jonibi tund sel.
Itoat qilib shoh farmonig‘a,
Tashirlar edi shoh devonig‘a.
Iki yilg‘acha, o‘ylakim korvon,
Kelur erdi shah sori ganji ravon.
Hisob asramish erdi ahli qalam
Kim, ermas edi ganjning nisfi ham.
Yana dedi shah, kimsa ta’yin qilib
Ki: «Xozing‘a qolg‘onni taxmin qilib,
Borib aylasunlar eshiklarni rust
Ki, topshurg‘ay etgan zamon bozjust!»
Nekim hukm qildi shahi arjumand,
Hamul nav’ ila bo‘ldilar korband.
Keturgan hisobin qilib ahli fan,
Qiyos ettilar yetti yuz ming tuman.
Dedi shohi Dorofaru Jamshukuh
Ki: «Doro sipohidag‘i har guruh,
Sipahdoru navvobu hojib anga
Ki, devondin ermish mavojib anga.
Muqarrar ne erkonni arz aylasun,
Aning fikrini shahg‘a farz aylasun».
Chu arz o‘ldi nekim muqarrar edi,
Shah ollida asru muhaqqar edi.
Dedilar bu ham bo‘yla voqe’ emish
Ki, har bir necha qatla roje’ emish.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
164
Ulusqa base ranju taklif o‘lub,
Kirar ermish ul qo‘lg‘a tansif o‘lub.
Chu Doro sipohig‘a bildi bu hol,
Dedi lutf etib shohi daryonavol
Ki: «Gar rasm Dorog‘a tansifdur,
Vale bizga ul rasm taz’ifdur
1
.
Muzoaf, – dedikim, – bering ganjdin»
Ki, el tindi butkargali ranjdin
2
.
Mavojib olur to‘rt yuz ming kishi
Ki, chokarlik erdi alarning ishi,
Olib ganjdin borcha iqto’ini,
Muraffah bu nav’ etti atbo’ini
3
.
Yana iki yuz ming mavojibxo‘ri,
Bo‘lub birga iki mavojiblari.
Ulufa berib olti yuz ming sipoh,
Falak avjidin o‘tkarib borgoh.
Mavojib sipahg‘a chu taz’if etib,
Raiyat xirojini tansif etib.
Sipohiysi obodu ham shod o‘lub,
Raoyosi ham shodu obod o‘lub.
Chu to‘kti sipohu raiyatqa ganj,
Angau munga bartaraf bo‘ldi ranj.
Dedikim: «Manga ganj emastur havas,
Sipohu raiyat manga ganj, bas.
Agar ganj erur bahru kondin fuzun,
Va gar xud xizona jahondin fuzun.
Chu naf’e emastur alardin gumon,
Alardur hamon, toshu tufrog‘ hamon.
Agar naf’din bo‘lsa maxzan yiroq,
Aning la’lidin xora ko‘p yaxshiroq
Kim, ul xora bir tosh erur bezarar,
Vale ganjdin elgadur yuz xatar.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |