Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
155
Ki, kimsondin oltunni farq aylagay, 
Qizil tobadin kunni farq aylagay. 
Va gar bu basiratdin o‘lsa yiroq, 
O‘kush imtihon qilg‘oni yaxshiroq. 
Va gar ilgiga tushti donishvar el, 
Funun ichra oroyishi kishvar el. 
Keraktur alar birla nav’i maosh 
Ki, xotirlari topmag‘ay ko‘p xarosh. 
Yo‘q ulkim karam ko‘rgayu bas kirom, 
Kerak rozi andin xavosu avom. 
Agar shohdin xalqi xursand emas, 
Aduv qasdi qilsa xiradmand emas. 
Ne dushmang‘adur tig‘ chekmak fani 
Kim, o‘z xaylidur sarbasar dushmani. 
Zafar, o‘yla shahdin kanor aylagay 
Ki, xaylini dushmang‘a yor aylagay. 
Agar yillar eldin madoro bo‘lur, 
Zarurat chog‘i oshkoro bo‘lur. 
XXIX
Sulton Abu Said Ko‘ragon navvara marqadahu hikoyatikim, royi uqdakushoyi bila ko‘p mamlakat oldi 
va tig‘i umrfarsoyi bila ko‘p elga oshub soldi va lekin sipohi rozi emas erkandin ish vaqti borcha 
qo‘zg‘oldi va o‘zi a’do aro mahlakaga qoldi, balki xasm ul sarafrozning tig‘i kin bila bo‘ynin choldi 
Shahekim1 ishi xurdadonlig‘ edi, 
Laqab otig‘a Ko‘ragonlig‘ edi. 
Xuroson bila Movarounnahr aning, 
Bulardin dog‘i boshqa ko‘p shahr aning. 
Olib mulki Xorazmu Kirmong‘acha, 
Yana Koshg‘ardin Sipohong‘acha. 
Bo‘lub Zobulsitonu Kobulsiton, 
Bahori murootidin gulsiton. 
Olib dahr aro beadad mulku shahr, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
156
Bo‘lub saltanat ichra doroi dahr. 
Solib donishu puxta tadbirlik, 
Boshig‘a havoi jahongirlik. 
Karonsiz sipohig‘a berdi hujum, 
Yurub qilg‘ali fath Tabrizu Rum. 
Hunar ko‘p berib olimul-g‘ayb anga, 
Vale bor edi bir ajab ayb anga 
Ki, maxzan yig‘org‘a solib maylini, 
Tutar erdi tanqis ila xaylini. 
Ul andeshadin ko‘ngli xursand edi, 
Sipah shohdin norizomand edi. 
Chu chekti sipah ul navohiyg‘a shoh, 
Navohiy shahi dog‘i yig‘di sipoh. 
Mamolikka yuzlanmasun deb xalal, 
Chiqib o‘tru izhor qildi jadal. 
Qotig‘lashtilar ishda haddin fuzun, 
Adovatning ayyomi chekti uzun. 
Chu shahdin sipoh erdi ozorliq 
Zamoneki yuzlandi dushvorliq. 
Buzub har taraftin sipah shohni, 
Anga aylabon chiyra badxohni. 
Yo‘q ulkim qochib, shahg‘a bedod etib 
Ki, borib aduvsig‘a imdod etib. 
Aningdekki doroi gardunsarir 
Aduv ilgiga bo‘ldi zoru asir. 
Falak chunki bemehrlik qildi fosh, 
g‘urub etti ul nav’ ravshan quyosh. 
Aodisi qasd aylabon jonig‘a, 
Qilich la’lgun qildilar qonig‘a. 
Ne shahdinki atboi xushnud emas, 
Pushaymonlig‘i ish chog‘i sud emas. 
Sipahdin judo shoh erur bir kishi, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
157
Ne bo‘lg‘usidur bir kishining ishi. 
Qurur chun gulsitondin ayrildi gul, 
Ki bir luqma etdur badansiz ko‘ngul. 
Aningdekki xushdur sipah birla shoh, 
Ham andoqdurur shoh birla sipoh. 
Shahu xayl ma’shuqu oshiq kerak, 
Ne ishkim qilurlar muvofiq kerak. 
Jahon olmoq oson sarukor emas: 
Vale ittifoq o‘lsa dushvor emas. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin