Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
148
Manga berdi xud Hayyi Dono murod,
Ajal aylagan chog‘ vale nomurod.
Yetishti nekim qildi Doro umid,
Vale o‘zdin o‘lg‘on zamon noumid.
Bo‘lubsen
ajab vaqt mehmon manga
Ki, yo‘qtur nisoring bajuz jon manga.
Bu soat netib mezbonliq qilay,
Qabul aylasang jonfishonliq qilay!
Yengildim, netib bo‘lg‘amen mizbon
Ki, xud bir nafas men sanga mehmon!
Bu soatki boshimg‘a qo‘ydung qadam,
Ne
erkin xayoling, degil oni ham.
Agar yorlig‘dur shioring sening,
Iki dahr aro Tengri yoring sening.
Va gar qatl uchun kelmishang qoshima,
Kesay deb qadam qo‘ymishang boshima.
Muruvvat
qilib kesmagil bir zamon,
Iki-uch so‘z ayturcha bergil amon!»
Skandar qilib ul takallumni go‘sh,
Chekib motamiylar masallik xuro‘sh.
Yaqo yirtibon, tojini toshlabon,
Dedi zor yig‘lay bu so‘z boshlabon
Ki: «Bo‘lsun
tirik yeti kishvar shahi,
Jahon bo‘lmasun bir dam andin tihi.
Anga men kamina parastandamen,
Parastandalig‘ ichra sharmandamen.
O‘zumga kerak qullug‘in chog‘labon,
Aning borgohida bel bog‘labon,
Aduvdin mubarro qilib ma’manin,
Jahondin chiqorsam edi dushmanin.
Tilim bormas ayturg‘a bu so‘zki, shoh
Xiroj istab o‘ldi manga kinaxoh.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: