Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
143
Ikov bo‘ldi maydonda parxoshjo‘y, 
Choparlar edi chirmashib so‘-baso‘y. 
Gahi bu qochib, ul keyindin surub, 
Ki, maydon boshig‘a degin yetkurub. 
Bu qaytib aning goh podoshig‘a, 
Qovub toki maydonning ul boshig‘a. 
Gahi sovurub gard, etib tobu pech 
Ki, qilmay quyundin kishi farq hech. 
Chu asrab o‘zin Boriqi kinparast, 
Anga Mag‘ribiy topmayin hech dast. 
Vale bo‘ldi Boriq ishi nursiz 
Ki, ko‘shish qilib erdi maqdursiz. 
O‘zidek to‘quz kimsa olmish edi, 
Bu kirgan zamon ilgi tolmish edi. 
Chu ahvolida bo‘ldi za’f oshkor 
Belidin tutub gurdi mardumshikor. 
Qo‘nqordiyu o‘ng ilgiga qildi rust, 
So‘l ilgi bila markabin tutti chust. 
Chu topib mahal, saydini sirmadi, 
Yonib o‘z sipohiga ham kirmadi. 
Ravon bo‘ldi Mag‘rib sori azm etib, 
G‘animni olib, rahnavardin yitib. 
Anga aylabon hayrat ahli jahon, 
Anga tegrukim, bo‘ldi ko‘zdin nihon. 
Ko‘rub Mag‘ribiydin bu beboklik, 
Skandarga yuzlandi g‘amnoklik. 
Yana Barbariy holig‘a g‘am yebon, 
«Aning holi ne bo‘ldi erking‘» – debon. 
Bo‘lub shodkim, bordi sahro sari, 
Yonib qilmadi azm Doro sari. 
Vale shoh Doro, base shod o‘lub, 
Buzug‘ ko‘ngli ul ishdin obod o‘lub. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
144
Bukim Barbariyning bo‘lub g‘olibi, 
Aning sori kelturmadi Mag‘ribiy. 
Necha shodmonliqqa mone’ edi, 
Vale xasm daf’ig‘a qone’ edi. 
Chu xurshid dorosi etti kamin, 
Kamingoh anga bo‘ldi Mag‘rib zamin. 
Qilib jilva oy mehri xovar kibi, 
Ulusni yorutti Skandar kibi. 
Yonib razmgahdin ul iki sipoh, 
Tushub berk tuttilar oromgoh. 
Tutub xandaq iki sipah davrini, 
Qanot, o‘ylakim borgah davrini. 
Taloya yana chiqti har soridin, 
Yazak tinmadi hifz izhoridin. 
Qilib borgoh ichra Doro maqom, 
Zarurat yuzidin tilab rudu jom. 
Vale qon yutub shisha yanglig‘ nihon 
Ki, tongla ne ish zohir etgay jahong‘ 
Skandar dog‘i o‘zga oyin topib, 
Bir Iskandar onida taskin topib. 
Topib o‘ng yonida kamol ahli yer, 
Tutub so‘l qo‘lida qitol ahli yer. 
Taammul bila har xiradpeshae, 
Qilib fath bobida andeshae. 
Tahavvur bila har jahonpahlavon, 
Tilab nusrat onchaki tobu tavon. 
Chu o‘tti kecha xaylidin iki pos, 
Biror elda jur’at, birorda haros. 
Tilab xilvate shohi yazdonparast, 
Tazarru’ qila bo‘ldi tufroqqa past. 
Zafar istamakdin chu topti farog‘, 
Sahar najmi yorutmish erdi charog‘. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin