Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
141
Temur ichra boshtin-ayog‘i nihon, 
Nechukkim o‘zi, oti dog‘i nihon. 
Laqab Shayda
19
birla anga fosh o‘lub, 
Nasab birla Harrong‘a qardosh o‘lub. 
Yo‘lin to‘sti Boriqning oshuftavash, 
Anga surdi Boriq dog‘i kinakash. 
Yana qo‘ydilar sa’yu ko‘shishga yuz, 
Sinonlarni aylab biri-birga tuz. 
Chu yor o‘ldi iqboli Iskandariy, 
Yana topti fursat yali Barbariy. 
Ani ham qilib nayza birla nigun, 
Chekib shohi ollig‘a xoru zabun. 
Skandar falakdin topib komu bahr, 
Falakka qilib ta’n Doroyi dahr. 
Chopib Barbariy bo‘ldi maydonnavard, 
Muboriz tilar erdi istab nabard. 
Yana garmkine solib yuzga chin, 
Chopib Barbariy qasdig‘a garmkin. 
Yetishmak hamonu yetishgan zamon, 
Dilovar qo‘lidin yiqilmoq hamon. 
Bu yanglig‘ to‘quz pahlavoni daler 
Ki, har bir edi ish chog‘i narra sher, 
Bori Barbariyg‘a asir o‘ldilar, 
Sinon zaxmidin dastgir o‘ldilar. 
Yana harbig‘a kimsa mayl etmadi, 
Vale Boriq o‘z o‘rnidin ketmadi. 
Muboriz tilab bor edi na’razan, 
Zamirig‘a a’doning otashfikan. 
G‘azab soldi Dorog‘a ko‘p iztirob: 
«Anga kimsa chiqsun!» deb etti shitob. 
Ham oxir birov surdi maydong‘a ot, 
Aduvg‘a surub soldi javlong‘a ot. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
142
Ham ul pilzo‘r erdi, ham piltan, 
Takovar anga, o‘ylakim karkadan. 
Palangina bargustvon otig‘a, 
Kiyib babr to‘n xalq ofotig‘a. 
Qizil xo‘ddin boshida nimtarg 
Ki, vahmidin o‘lub o‘lum holi marg. 
Hamul xo‘d davrig‘a chirmab qaro, 
Kishi ko‘rmamish lolani dog‘ aro. 
Yuzi ulcha mumkindur ahmar aning, 
Mahosin yuzi uzra asfar aning. 
Yuzi rangi xurmo masallik kasif, 
Mahosin namudori xurmog‘a lif. 
Iki ko‘z anga ikki olmosdek, 
Vale davrasi qon to‘la tosdek. 
Vatangohi aqsoyi Mag‘rib zamin, 
Yeli ermish ul yerda vodiynishin 
Ki, bu yanglig‘ ermish alar hay’ati, 
Qo‘shun elcha har qaysining shavkati. 
Ne xusravki, ul bo‘lsa olamga shoh, 
Chekar bo‘lsa bir xasmi sori sipoh. 
Kelur ermish ul qavmdin bir kishi, 
Ki sa’b o‘lsa a’dodin ul shoh ishi. 
Qilur ermish ul shaxs maydong‘a azm, 
Namudor etar ermish oyini razm. 
Chu bo‘ldi adusi giriftor anga, 
Bo‘lur ermish uy sori raftor anga. 
Kishi turg‘uza olmas ermish ani, 
Anga tegrukim manzilu maskani. 
Giriftorini dog‘i eltur emish, 
Buyurur emish har nechuk topsa ish. 
Chu Boriqdin el erdi hayratqa g‘arq, 
Ul ohangi kin etti andoqki barq. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin