Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
140
Oti na’lidin toki xudida mil,
Kirib ko‘k temur ichra andoqki nil.
Oti na’lidinkim sharar ayrilib,
Balo abridin marg o‘ti choqilib.
Falaksayri oshubi payvast ila,
Solib yel dimog‘ig‘a farrast ila.
Hamoyildag‘i tig‘i bejodadek,
Qo‘l ichra sinoni kelib xodadek.
Ani
razm eli sheri darron, debon,
Otin anjuman ahli Harron
18
debon.
Chu maydon tariqin ado ayladi,
Turub xusravig‘a duo ayladi.
Tugatgach duo, chopti Boriqqa tez,
Anga dog‘i Boriq bo‘lub barqxez.
Biri-birga
maydonda chirmoshtilar,
Base bir-biridin qolib, oshtilar.
Uch uz oltmish olti la’bu girih,
O‘tubkim sinon uchi ko‘rmay zirih.
Ham oxir chu Boriq edi ishta chust,
Sinon birla markabdin oni durust
Yiroq
soldi andoqki, charxi barin,
Sinonu qo‘lig‘a dedi: «Ofarin!»
Tushub, bo‘ynig‘a bog‘labon polahang,
Shah ollig‘a yetkurdi qilmay darang.
Skandarga farxunda bo‘ldi bu fol
Ki, nusrat anga avval ochti jamol.
Yana sherpaykar yali xasmband,
Yer o‘ptiyu maydong‘a surdi samand.
Tilar erdi hayjo qilurg‘a tane
Ki, razmig‘a ot surdi pilafkane.
Dalereki
to razm varzish qilib,
Aduvsig‘a yuz ma’raka ish qilib.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: