Mavzu: Davlatning iqtisodiy siyosatining tamoyillari va yo’nalishlari. Davlatning iqtisodiy vazifalari Reja: 1.Davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati va milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati
2.Davlat iqtisodiy siyosatining tamoyillari va ularning qo’llanilishi
3.Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va unda belgilangan asosiy vazifalar tahlili
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati va milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati
Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali yuz beradi, chunki bularni anglagan holda iqtisodiyot rivojiga oid chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va bular iqtisodiyotga ta’sir etmay qolmaydi.
Iqtisodiy siyosat – bu iqtisodiyot subyektlarining o‘z faoliyatiga oid yo‘l-yo‘riqlari va sa’y-harakatlarining majmuidir. Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining, bu xonadonmi, firmami yoki davlatmi buning farqi yo‘q, o‘z manfaatlari bor. Bu manfaatlar amaliyotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga oshirishga qaratiladi. Xonadonning maqsadi o‘z iste’molini maksimumlashtirish va kelajakni ta’minlash uchun jamg‘arma hosil etishdir. Firmaning maqsadi esa foydani maksimumlashtirish va iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlashdir. Davlatning maqsadi esamilliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va shu asosda xalq farovonligini ta’minlashdan iborat.
Bozor xo‘jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo‘ladi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o‘sishni ragʼbatlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi to‘gʼrisida to‘laroq tasavvurga ega bo‘lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to‘laroq tavsiflash lozim. Iqisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash hamdauni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo‘jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin.
Davlatning iqtisodiy strategiyasi uning siyosiy strategiyasini amalga oshirish uchun iqtisodiyotga davlatning aralashuvi mexanizmlari va ustuvorliklarining transformasiyalashuvini belgilab beradi. Iqtisodiy strategiya uzoq muddatli davr ichida davlat faoliyatining yo`nalishi va uning amalga oshirish prinsiplarini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy strategiyasining muhim turlari quyidagilardan iborat:
1) Rivojlanishning ijtimoiy samarali strategiyasi;
2) Korporativ strategiya ma’lum guruh kishilarning boylik orttirishga qaratilgan tor egoistik manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi;
3) Liberal-iqtisodiy strategiya tovar va kapitalning erkin harakati uchun ochiq bo`lgan iqtisodiyot uchun qo`llaniladi;
4) Tartibga soluvchi iqtisodiy strategiya davlat tovar va kapital harakati uchun nazorat o`rnatganida qo`llaniladi;
5) Mobilizatsion iqtisodiy strategiya davlatning mavjudligiga tahdid kuchayganida, favqulodda holatlar sharoitida davlatning ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalarga to`g`ridan-to`g`ri aralashuvi kuchayadi;
6) Davlatning iqtisodiy integratsiya strategiyasi;
7) Samarali milliy strategiya.
Davlatning ijtimoiy samarali iqtisodiy strategiyasi fuqarolar uchun optimal tarkibdagi pirovard mahsulotning yuqori o`sish sur’atining barqarorligini ta’minlashni, to`liq samarali ish bilan bandlikka, inflyatsiyani jilovlashga va daromadlarning odilona taqsimlanishiga erishishini ifodalaydi. Davlat iqtisodiy strategiyasi sifatining kriteriyasi (mezoni) uning ijtimoiy samarali iqtisodiyotga muvofiqligi darajasi hamda unga mamlakat ichidagi va jahon hamjamiyati tomonidan bildirilgan ishonch darajasini ifodalaydi.
Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik vazifalaridan kelib chiqib jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va ne’matlarni taqsimlash jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qo`llaniladigan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi.
Davlatning iqtisodiy siyosati o`z ichiga tashqi iqtisodiy, tarkibiy-investisiyaviy, institusional, agrar, sanoat, ijtimoiy, narx, moliyaviy, soliq-byudjet, pul-kredit, hududiy (mintaqaviy) siyosatlarni oladi (1-rasm).