Mavzu: Davlatning iqtisodiy siyosatining tamoyillari va yo’nalishlari. Davlatning iqtisodiy vazifalari Reja


Ne’matlarning odilona taqsimlanish tamoyili



Yüklə 241,7 Kb.
səhifə4/8
tarix03.10.2023
ölçüsü241,7 Kb.
#151926
1   2   3   4   5   6   7   8
Davlatning iqtisodiy siyosatining tamoyillari va yo’nalis

2.Ne’matlarning odilona taqsimlanish tamoyili. Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xojalik yurituvchi subektlar va alohida istemolchilar qay darajada foydalanishini organadi. Ko’pchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab istemolchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan subektlar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni va o’zaro xatti-harakatlarini o’rganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil bo’lganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va xizmatlar bo’lishini ta’minlay olmaydi. Uy xojaligi ozining har bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham ozining har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori darajasi bilan ta’minlay olmaydi.
3.Barqarorlik tamoyili. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi.
Buni quyidagi dolzarb masalalar bilan izohlash mumkin: birinchidan, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, uning tarmoqlarida ishlab chiqarish surʼatlari oʻsishiga erishish mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ikkinchidan, jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori sifatli mahsulotlar bilan jahon bozorlariga chiqishini faollashtirish zaruriyati mavjud. Uchinchidan, ilmiy sigʻimi yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan tendensiyalarning rivojlanishi hamda shunga muvofiq tarzda sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashda milliy iqtisodiyot doirasida doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsiyalarni joriy etish talab qilinadi.
Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish koʻp jihatdan iqtisodiyot yoʻnalishlari hamda sohalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini barpo etish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bevosita bogʻliq. Shu bois mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning tarmoqlari rolini, ayniqsa, yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yüklə 241,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin