Davlatning tartiblash vazifalari
Iqtisodiy samaradorlikka erishishni ko’zlaydi
Iqtisodiy o’sish va iqtisodiy rivojlanish
To’liq va samarali bandlikni ta’minlash
Iqtisodiy erkinlik
Barqaror narx darajasi
Mamlakat tashqi savdo balansini muvozanatlash
5-rasm. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha vazifalari
ljtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zaro bog‘liq maqsadlarni ishlab chiqish va asoslash hukumatning mamlakatni boshqarish san'ati hisoblanadi.
ljtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining murakkabligi va o‘zaro bog'liqligining qarama-qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi davlat organlarining o‘z maqsadlarini alohida holda emas, balki birgalikda, ularning o'zaro bog'liqligini inobatga olgan holda ishlab chiqishga majbur qiladi.
Bozor iqtisodiga o`tish sharoitida davlat bosh islohotchi bo`lishi xususida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov:”Bozor munosabatlariga o`tish davrida davlat bosh islohotchi bo`lishi, iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o`zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur”, deb ta’kidlagan edi.
Xulosa
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning hozirgi yangi bosqichida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”ning maqsadlariga erishish yo`lida davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uyg`un faoliyatini tashkil etish vazifasi belgilab berilgan. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur konsepsiya “Vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish” deb nomlangan 4-qismida “Respublika davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o`tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish. Davlat boshqaruvining turli darajadagi o`zaro funksiya va vakolatlarini, xususan, umumdavlat miqyosidagi strategik masalalarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida qoldirish, shuningdek, ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan vakolatlardan lozim darajada foydalanayotganligi ustidan nazorat qilishni aniq chegaralash” vazifasi belgilangan.
Yurtboshimiz Davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechish, buning uchun ko`pgina vakolatlarni markaziy davlat organlaridan hududiy organlarga o`tkazish vazifasini belgilagan.
Dostları ilə paylaş: |