Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
149
Ko‘rub shahni bu nav’ beiltifot, 
Yuzumga mening keldi muncha uyot. 
Sipah chektimu zohir ettim xilof, 
Ayon ayladim o‘trusida masof. 
Va lekin bu ishdin xabardor emon, 
Qilur el bila sohibasror emon. 
Manga yetti bir noma ham bu zamon, 
O‘qub tashladim bo‘yla qilmay gumon. 
Keturganga garchi sazo bermadim, 
Va lekin bu ishga rizo bermadim. 
Bu damkim ayon bo‘ldi bu mojaro, 
Yoruq olam o‘lmish ko‘zumga qaro. 
Jahondorkim Haq aning yovari, 
Kerak bo‘lsa albatta bu bovari 
Ki, rozidur Iskandar o‘lmakka bot, 
Bo‘lub shahg‘a ming yil zamoni hayot. 
Bukim shah dedi: «Bor iki-uch so‘zum», 
Aning yo‘lida muntazirdur ko‘zum. 
Meni ul murodingg‘a hamroz qil, 
Buyurmog‘i birla sarafroz qil». 
Chu topti Skandardin ul nav’ bahr, 
Duolar qilib, dedi doroyi dahr 
Kim: «Ul uch so‘zum — uch vasiyatdurur 
Ki, izhori ko‘nglumga niyatdurur. 
Birisi bukim, ul iki kinaxoh 
Ki, qatlimg‘a qo‘l sundilar begunoh, 
Alar qatlin oyini dod etgasen, 
Bu ish birla ruhumni shod etgasen. 
Yo‘q andin manga garchi daf’i gazand, 
Va lekin sanga bordurur sudmand. 
Yana qavmu xaylimg‘a qilma inod 
Ki, derlar alarni Kayoniynajod. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
150
Bilurmen alarda yo‘q andoq kishi 
Ki, kelgay qo‘lidin adovat ishi. 
Karam aylasang, borcha xaylingdurur, 
Qilurlar ne xizmatki maylingdurur. 
Habo aylama xonadoni qadim 
Ki, yo‘qtur alardin sanga hech bim. 
Yana Ravshanakkim,
20
qizimdur mening, 
Bukundin nari mensizimdur mening. 
Kayoniy salotin nishoni anga, 
Barozanda toji Kayoniy anga. 
Kelib saltanat bahridin durri pok, 
Sharaf avjidin axtari tobnok. 
Bisotingni ul sham’ birla yorut, 
Aning shug‘lidin xotiringni ovut. 
Kivur mehr birla shabistoninga, 
Qilib aqd, o‘lturt ani yoninga. 
Yerur ul buzug‘ mazraim xo‘shasi 
Manga pora bo‘lg‘on jigargo‘shasi. 
Harimimda sen dog‘i farzand bo‘l, 
Hamul xasta bag‘rimg‘a payvand bo‘l. 
Kim ul dog‘i sendin topib to‘shae, 
Sanga hosil etsa jigargo‘shae. 
Atodin Skandarnihod o‘lg‘ay ul, 
Anodin Kayoniynajod o‘lg‘ay ul 
Ki, chun bel adolatqa chust aylagay, 
Ikimizga nisbat durust aylagay. 
Qabul aylab, et xasta ko‘nglumni shod 
Ki, emdi qilur vaqt erur xayrbod!» 
Skandar to‘kub ashku tortib nafir, 
Dedi: «K-ey shahanshohi gardunsarir! 
Itoat yo‘linda nuzul ayladim, 
Nekim hukm qilding, qabul ayladim. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin