Т- sxema. Bu interfaol usul qiyosiy bir-biridan keskin farq qiluvchi yoki qarama-qarshi, baʼzan turlicha mezonlar bilan farq qiluvchi fikrlarni koʼrgazmali va ixcham tarzda tasvirlashga qulaylik yaratadi.
Sharq va g‘arb мutafakkirlari qarashlaridagi farq va o‘zaro aloqalarni T sxemasi metodi asosidayoritish
Sharq va g‘arb mutafakkirlari qarashlaridagi o’zaro aloqasi.
Sharq va g‘arb mutafakkirlari qarashlaridagi o‘zaro farqi.
Ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixiga nazar tashlasak, ma’naviy yangilanishlar jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’sir doirasi sezilarli ekanligini Sharq va G‘arb mutafakkirlari tomonidan qol-dirilgan ilmiy merosi guvohlik beradi.
G‘arb falsafasidan farqli o‘laroq, Sharq falsafasi asosiy e'tiborni inson muammosiga qaratadi.
Shuning uchun buyuk faylasuf, mutafakkir olimlar va adolatli davlat boshliqlari millatni mahdudlik holatidan chiqarib, taraqqiyotni rivojlantirish maq-sadida, birinchi navbatda, ma’naviy yangilanishlar omiliga e’tibor berganlar, jamiyat a’zolarini umuminsoniy qadriyatlarga so-diqlik, vatanga daxldorlik mas’uliyati, insonni e’zozlash, adolat uchun kurash, halol mehnat, jamoaviylik, oilaga sadoqat, do‘stlarni hurmat qilish ruhida kamol toptirishga, ularda milliy g‘urur va iftixor, burch va mas’uliyat tuyg‘ularini kuchay- tirishga harakat qilganlar.
Sharq falsafasi insonni amaliyot, odamlar hayot faoliyati, ularning turmush tarzi nuqtai nazaridan o‘rganadi.
Sharq falsafasi din bilan uzviy o‘zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat hollarda ayni bir falsafiy oqim falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‘ladi.
G‘arb falsafasi esa, ko‘proq ilmiy metodologiyaga tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi.
G‘arb falsafasida bilish empirik, hissiy va oqilona jarayon sifatidagi emas, balki mantiqiy jarayon sifatida ham qaraladi, ya'ni mantiq muammolari atroflicha o‘rganiladi.
Sharq falsafasida esa, mantiq muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga kirish, mantiq) maktabigina shug‘ullangan.