Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
173
Bugundin iki-uch yil o‘tsa zamon, 
Yuz ursa bu kishvarga amnu amon. 
Topilsa buyurg‘onig‘a dastras, 
Manga dog‘i bor oni ko‘rmak havas. 
Iki-uch yil o‘tmayki taklif etar, 
Manga behad andin malolat yetar. 
Yevurmas agar lutf etib bu varaq, 
Ko‘ray har nekim olima yozdi Haq. 
Aning amri hukmi qazo xud emas, 
Xudovand bo‘lsa Xudo xud emas. 
Chu men muncha tuttum so‘zi hurmatin, 
Kerak ul dog‘i asrasa izzatin». 
So‘ziga berib Roy mundoq javob, 
Qilib Chin shahi o‘zga yanglig‘ xitob, 
Debonkim: «Skandar yiborgan bitik 
Ki, sammdin achig‘dur, qilichdin itik. 
Rasulin bu sori yiborgan kuni, 
Taammul bila yozmamishtur muni. 
Sipohim qalin, kishvarim to‘qturur, 
Mening andin o‘ksuklugum yo‘qturur. 
Shahekim yana shahga ma’mur etmas, 
Anga bo‘yla maktub dastur emas. 
Yozibdur kitobatda hikmat so‘zin, 
«Hakimu xiradmand» debdur o‘zin. 
Aning royikim bo‘yla sofiydurur, 
Bu so‘zlar xiradqa munofiydurur. 
Bu so‘zni deyolmas sipehri barin – 
Ki: «Kelsun janobimg‘a Xoqoni Chin!» 
Necha qilsa Doro jahondorliq, 
Aromizda voqe’ edi yorliq. 
Muloqot asbobini tuzmadi, 
Manga bo‘yla taklif ko‘rguzmadi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
174
Skandarni Doroi soniy tutay, 
Jahon mulkining shohi oni tutay. 
Anga qoldi go‘yo bu ma’ni nihon, 
Ki Chin kishvaridur yana bir jahon. 
Yigitlik anga so‘zga berdi shitob, 
Javobida men aylamon iztirob. 
Agar nomasin ul yozibdur irik, 
Vale men iriklikka urmon ilik. 
Gar ul qilsa Doro kibi yorliq, 
So‘ziga qilurmen xaridorliq. 
Xayoli agar mundin afzun esa, 
Bitik ichra yozg‘on kibi so‘z desa. 
Tamannosida bo‘lmasa e’tidol, 
Ishim yo‘qturur, g‘ayri kinu jidol. 
Demonkim, aning sori azm aylagum, 
Qayu yerdakim desa razm aylagum. 
Vale kelsa boshimga tortib cherik, 
Kirib shahrima chekmogumdur eshik. 
Sipahdin yoyib charxi gardung‘a gard, 
Chiqib ro‘baro‘ aylagumdur nabard!» 
Skandar janobiga aylab nuzul, 
Ul uch mulk shohi so‘zin uch rasul. 
Bu dastur ila ibtido qildilar, 
Tugaguncha bir-bir ado qildilar. 
Ne shahlarki, keldilar ollig‘a bot, 
Alarg‘a qilib asru ko‘p iltifot. 
Necha qatla shohona majlis tuzub, 
Mayu rud birla tarab ko‘rguzub. 
Necha may bila ko‘ngli ishratfizoy, 
Ul uch mulk bobida fikratnamoy. 
Tarab bazmida aysh o‘lub peshasi, 
Vale ko‘nglida azm andeshasi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin